Davlat sotib oladigan boshoqli donning miqdori va narxlari belgilandi
1 sinf qattiq bugʻdoyning xarid narxi (qoʻshilgan qiymat soligʻi bilan) 1 tonna uchun 2 543 180 soʻmni tashkil etadi.

15 iyun kuni «2020 yil hosili uchun ekilgan boshoqli don hosilini oʻz vaqtida va sifatli oʻrib-yigʻib olishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2020 yil hosilidan davlat resurslariga 3 019 ming tonna, shu jumladan, 293,5 ming tonna urugʻlik don xarid qilinadi.
Qaror bilan ichki bozorda don narxlari barqarorligini taʼminlash tadbirlarini amalga oshirish uchun 2020 yil hosilidan davlat resurslariga olinadigan boshoqli donni xarid qilish narxlari belgilandi. Xususan, 1 sinf qattiq bugʻdoyning xarid narxi (qoʻshilgan qiymat soligʻi bilan) 1 tonna uchun 2 543 180 soʻmni tashkil etadi.
Barcha don tayyorlov korxonalari va gʻallachilik klasterlari qoʻshimcha xarid qilinadigan donni xoʻjaliklar bilan kelishilgan narxlarda shartnoma asosida xarid qiladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

