Davlat qarzi YaIMga nisbati yil boshiga qaraganda qanchaga oshgani maʼlum qilindi
Davlat qarzi YaIMga nisbati 2020 yil boshiga nisbatan 3,5 foizga oshgan. Real YaIM oʻsish surʼatining davlat qarzining YaIMga nisbatiga taʼsiri kamroq boʻlib, bu mazkur davrda real YaIM oʻsish surʼatining pastroq surʼat bilan oʻsgani bilan izohlanadi.

2020 yilning birinchi yarim yilligida davlat qarzi qoldigʻining oʻsishini shakllantiruvchi asosiy omillar:
- Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan imzolangan tashqi qarz bitimlari doirasida oʻzlashtirilgan mablagʻlar qoldigʻi 1,1 mlrd. dollarga,
- Davlat kafolati ostida imzolangan tashqi qarz bitimlari doirasida oʻzlashtirilgan mablagʻlar qoldigʻi 0,8 mlrd. dollarga;
- 3 459,8 mlrd. soʻm miqdorida davlat qimmatli qogʻozlari chiqarilishi hamda 450 mlrd. soʻmga teng ichki qarzdorlik soʻndirilishi natijasida davlat qimmatli qogʻozlari qoldigʻi 3 009,8 mlrd. soʻmga oshdi.

Davlat qarzining YaIMga nisbati oʻzgarishiga taʼsir etgan omillar Davlat qarzi YaIMga nisbati 2020 yil boshiga nisbatan 3,5 foizga oshgan (31.12.2019 y. holatiga 30,5 foiz – 3-rasm). Davlat qarzining YaIMga nisbati oʻzgarishining 4,1 foizi Oʻzbekiston Respublikasi nomidan va uning kafolati ostida jalb qilingan qarzlarning oʻzlashtirilishi, 2,2 foizi nominal ayirboshlash kursi oʻzgarishi, -0,8 foizi real YaIM oʻsish surʼati, 5 -1,1 foizi davlat qarzi boʻyicha asosiy qarz toʻlovlari, -0,9 foizi boshqa omillar hissasiga toʻgʻri keldi.
3-rasm. 2020 yilning 1-yarim yilligida davlat qarzi YaIMga nisbatining oʻzgarishiga taʼsir etgan omillar
(Yil boshiga nisbatan oʻzgarish, YaIMga nisbatan foizda)

2019 yilning 1-yarim yilligi bilan taqqoslaganda 2020 yilning mos davrida:
- real YaIM oʻsish surʼatining davlat qarzining YaIMga nisbatiga taʼsiri kamroq boʻlib, bu mazkur davrda real YaIM oʻsish surʼatining pastroq surʼat bilan oʻsgani bilan izohlanadi.
- oʻrtacha nominal ayirboshlash kursining qadrsizlanishi davlat qarzining YaIMga nisbati 2019 yilning mos davriga nisbatan 1,6 foizga koʻproq oshishiga sabab boʻlgan (2019 yilning 1-yarim yilligida 0,6 foiz);
- Oʻzbekiston Respublikasi nomidan va uning kafolati ostida jalb qilingan qarzlar boʻyicha oʻzlashtirish 2 mlrd. dollarga kamroq boʻlgan. Shuni taʼkidlash joizki, 2019 yilning mos davrida 1 mlrd. AQSh dollarga teng Oʻzbekiston Respublikasining ilk suveren xalqaro obligatsiyalari joylashtirilgan, shuningdek “Shoʻrtan gaz-kimyo kompleksida ishlab chiqarilayotgan tozalangan metan negizida sintetik suyuq yoqilgʻi ishlab chiqarish” (GTL) loyihasi doirasida qoʻshimcha 975 mln. mablagʻlar oʻzlashtirilgan.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

