| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi57 marta oʻqildi

Davlat byudjeti xarajatlari asossiz ravishda 898,4 mlrd soʻmga oshirilgan holda koʻrsatilgan

Respublika byudjeti va mahalliy byudjetlarning jami xarajatlari prognozi 164 679,8 mlrd soʻmni tashkil etgan. Bu haqda Hisob palatasi tomonidan tayyorlangan 2021 yil uchun Byudjetnoma boʻyicha xulosasida keltirilgan.

Davlat byudjeti xarajatlari asossiz ravishda 898,4 mlrd soʻmga oshirilgan holda koʻrsatilgan

Hisob palatasi tomonidan “2021 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasi va 2021 yil uchun Byudjetnoma boʻyicha xulosasi tayyorlandi.

2021 yil uchun konsolidatsiyalashgan byudjet xarajatlarining jamlanma parametrlari tahlili Qonun loyihasining 1-ilovasi bilan 2021 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan byudjetining jamlanma parametrlari hamda 2022–2023 yillarga byudjet moʻljallari maʼlumot uchun qabul qilinishi belgilangan.

Unga koʻra davlat byudjeti xarajatlari davlat maqsadli jamgʻarmalariga transfertlarni inobatga olgan holda 165 578 mlrd soʻmni tashkil etadi. Qonun loyihasining 5-ilovasiga asosan 2021 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablagʻlarning cheklangan miqdori 135 629,4 mlrd soʻmni tashkil etadi (shundan, 10 411,8 mlrd.soʻmi Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga ajratiladigan tartibga soluvchi transfertlar).

Qonun loyihasining 6-ilovasiga asosan 2021 yil uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar hamda Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining xarajatlari prognozlari 40 057,8 mlrd soʻmni tashkil etadi (shundan, davlat qarziga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlar 595,8 mlrd.soʻmni tashkil etadi).

Tahlil natijasida, respublika byudjeti va mahalliy byudjetlarning jami xarajatlari prognozi 164 679,8 mlrd soʻmni tashkil etgani holda, qonunning 1-ilovasidagi davlat byudjeti xarajatlari asossiz ravishda 898,4 mlrd soʻmga oshirilgan holda koʻrsatilganligi aniqlandi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ