| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes2 daqiqada oʻqiladi346 marta oʻqildi

Coliq turlari qisqartirildi

“Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi va Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlandi.

Coliq turlari qisqartirildi

“Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi va Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlandi.

Qonunga muvofiq, 2007 yilda qabul qilingan Soliq kodeksida nazarda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar 2020 yilning 1 apreliga qadar amal qiladi.

2020 yilning 1 yanvarigacha qabul qilingan soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar ularning amal qilish muddati tugagunga qadar amal qiladi.

Qonunga koʻra, yagona ijtimoiy toʻlov, yagona soliq toʻlovi va qatʼiy belgilangan soliq oʻrniga tegishlicha ijtimoiy soliq, aylanmadan olinadigan soliq hamda qatʼiy belgilangan miqdorda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi kiritilmoqda.

Hisoblangan soliq summasidan hisobga olinadigan QQS summasining oshib ketishi natijasida hosil boʻlgan QQS summasining oʻrnini qoplash 2020 yilning 1 iyulidan eʼtiboran amalga oshiriladi.

Soliq toʻlovchi 2020 yil 1 yanvarga qadar hosil boʻlgan zararni kelgusiga, ushbu zarar koʻrilgan soliq davridan keyingi 5 yildan koʻp boʻlmagan muddatga koʻchirishni amalga oshirishga haqli.

Bunda, har bir keyingi soliq davrida hisobga olinadigan oʻtkazilayotgan zararning jami summasi joriy soliq davridagi soliq bazasining 50 foizidan oshishi mumkin emas.

Yangi tahrirdagi Soliq kodeksida soliqlarni unifikatsiyalash, oʻxshash soliq solish bazasiga ega soliqlarni birlashtirish orqali ular soni maqbullashtirildi, soliq hisobotlari kamaytirildi va soddalashtirildi.

Soliq turlari 9 tagacha qisqartirildi.

Xususan, yagona yer soligʻi, davlat boji, bojxona toʻlovlari va tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari boʻyicha qatʼiy belgilangan soliq turlari bekor qilindi.

Kodeksga koʻra, soliq organlari soliq tekshiruvlarining quyidagi turlarini oʻtkazadi:

  • – kameral soliq tekshiruvi;

  • – sayyor soliq tekshiruvi;

  • – soliq auditi.

(Ilgari soliq tekshiruvlari vakolatli organ bilan kelishuvga koʻra oʻtkaziladigan va vakolatli organni xabardor qilish tartibida oʻtkaziladigan tekshiruvlardan iborat boʻlgan)

Kodeksga transfert narx shakllantirishni nazorat qilish normalari, “oʻzaro bogʻliq shaxslar” va “oʻzaro bogʻliq shaxslar oʻrtasida nazorat qilinadigan bitimlar”, “nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi” tushunchalari kiritildi.

Shu munosabat bilan ayrim tadbirkorlik subʼyektlari tomonidan faoliyat amalga oshirilishi bilan bogʻliq “soliq toʻlovchilarni konsolidatsiyalashgan guruhi” tushunchasi va ularni soliqqa tortishning xususiyatlari belgilandi.

Hujjat haqidagi toʻliq maʼlumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ