| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi298 marta oʻqildi

"Chiroyli" avtomobil raqamlari arzon narxda auksionga qoʻyiladi

Auksionga qoʻyiladigan "chiroyli" avtomobil raqamlarining boshlangʻich narxlari Toshkent shahrida 300 ming soʻmdan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 200 ming soʻmdan boshlanadi.

"Chiroyli" avtomobil raqamlari arzon narxda auksionga qoʻyiladi

Hukumat qarori bilan Jismoniy va yuridik shaxslarga avtotransport vositalari uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini oshirilgan toʻlov stavkalari boʻyicha berishda “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ axborot tizimida auksion oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi.

Kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, “chiroyli” raqamlar auksionga qoʻyilgan kundan boshlab 6 oy mobaynida sotilmagan taqdirda:

  • 1 va 2-toifadagi raqamlar mos ravishda 2 va 3-toifalarga doir boshlangʻich narxlarda auksionga qoʻyiladi (harflari bir xil kombinatsiyada boʻlgan raqamlardan tashqari);

  • 4-6-toifadagi raqamlar auksiondan olinib, auksionga qoʻyilgan boshlangʻich narxda umumiy tartibda realizatsiya qilinadi.

Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga asosan “chiroyli” raqamlarning 1-3-toifalari istalgan harf kombinatsiyalari bilan auksionga qoʻyilishi mumkin.

Bunda ushbu raqamlarning auksionga qoʻyiladigan boshlangʻich narxlari quyidagicha belgilandi:

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ