| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi561 marta oʻqildi

Byudjet jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga yangi meʼyorlar kiritiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma toʻrtinchi yalpi majlisida parlament aʼzolari “Byudjet jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunini koʻrib chiqdi.

Byudjet jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga yangi meʼyorlar kiritiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma toʻrtinchi yalpi majlisida parlament aʼzolari “Byudjet jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunini koʻrib chiqdi.

Qonunning maqsadi byudjet maʼlumotlari ochiqligi va shaffofligini yanada oshirish, byudjet mablagʻlari shakllanishi va sarflanishi ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini kuchaytirishdir.

Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining 3 ta qonuni va 1 ta kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutadi. Bunda parlament tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlari toʻgʻrisidagi qonunni qabul qilish tartibi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonunni koʻrib chiqish va qabul qilishda Oliy Majlisning byudjetga doir vakolatlari nazarda tutilmoqda.

Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarini tasdiqlash tartibi joriy etilishi munosabati bilan qonunda “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi va “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga keyingi yilga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasini koʻrib chiqish hamda unga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish tartibi va muddatlarini nazarda tutuvchi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.

Byudjet kodeksi yangi tushunchalar bilan toʻldirilmoqda, unga Vazirlar Mahkamasi, Hisob palatasi, Moliya vazirligi byudjet vakolatlarini kengaytirishga qaratilgan oʻzgartish hamda qoʻshimchalar kiritilmoqda.

Bundan tashqari, “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi qonunga kiritilayotgan oʻzgartishga koʻra, Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonunni ijro etish jarayonini koʻrib chiqish parlament nazoratining shakllaridan biri hisoblanadi.

Majlisda taʼkidlanganidek, qonun Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining parlament tomonidan sifatli koʻrib chiqilishi va tasdiqlanishini taʼminlashga koʻmaklashadi, bu esa xalqaro standartlarga toʻliq muvofiq keladi.

Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ