Buxoroda ohaktoshdan qogʻoz ishlab chiqariladi
Buxoro viloyati Kogon shahridagi erkin iqtisodiy zonada ish boshlayotgan “Qizilqum class invest” masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qoʻshma korxona ohaktoshdan qogʻoz ishlab chiqarishga ixtisoslashgan mamlakatimizda yagona subʼyekt boʻladi.

Buxoro viloyati Kogon shahridagi erkin iqtisodiy zonada ish boshlayotgan “Qizilqum class invest” masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qoʻshma korxona ohaktoshdan qogʻoz ishlab chiqarishga ixtisoslashgan mamlakatimizda yagona subʼyekt boʻladi. U oʻz hududidan uncha olis boʻlmagan karerdan olinadigan xom ashyo asosida ishlaydi. Masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari Neʼmat Mansurovning aytishicha, Buxoro ohaktoshi namunalari Yaponiya va Italiyadagi tegishli laboratoriyalarda oʻrganildi. Natija juda yaxshi. Xom ashyo tarkibining sifati va boshqa qator xususiyatlari yuqori baholangan. Hisob-kitoblarga koʻra, ohaktoshning bir tonnasini qayta ishlash jarayonida unga polimer birikmasini qoʻshgan holda 800 kilogramm qogʻoz olish mumkin ekan. Undan esa gazetabop qogʻoz hamda qogʻoz mahsulotlari – devoriy gulqogʻoz, shuningdek, bir marta ishlatiladigan tarelka va boshqa idishlar ishlab chiqariladi. Loyiha iqtisodiy jihatdan foydali. Xususan, u chetdan olib kelinadigan qogʻoz importi uchun sarflanayotgan katta miqdordagi xorijiy valyuta tejab qolinishiga xizmat qiladi. Korxonaning oylik quvvati oʻrtacha 70 ming tonnadan ziyod. Uning loyiha-smeta qiymati 136 million dollardan iborat. Moliyalashtirish Malayziyadagi hamkor investorning toʻgʻridan-toʻgʻri jalb qilinadigan mablagʻi hisobiga amalga oshiriladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

