Butun dunyo COVID-19 keltirgan iqtisodiy inqirozga qarshi kurashmoqda
COVID-19 koronavirus infeksiyasining tarqalishi davlatlar iqtisodiyotiga katta zarar yetkazmoqda. Koronavirus tarqalishi sababli kelgusi oylarda jahon yalpi ichki mahsulotining pasayishi 2009 yildan beri eng past oʻsish darajasida boʻlishi kutilmoqda.

COVID-19 koronavirus infeksiyasining tarqalishi global iqtisodiyotni jiddiy inqirozga olib keldi. Bu haqda BMT Sanoatni rivojlantirish tashkilotining (YUNIDO) yangi hisobotida keltirilgan.

Dunyo boʻyicha koronavirus bilan bogʻliq noaniqlik rekord darajada yuqori
Hisobotga koʻra, koronavirus tarqalishi sababli kelgusi oylarda jahon yalpi ichki mahsulotining pasayishi 2009 yildan beri eng past oʻsish darajasida boʻlishi kutilmoqda. Shuni anglagan holda, Katta yigirmalik (G-20) hukumatlari koronavirus tufayli yuzaga kelgan ijtimoiy va iqtisodiy inqiroz taʼsirini kamaytirish uchun operativ tarzda iqtisodiyotni ragʻbatlantirish paketlarini qabul qilmoqda.
"Gazeta.uz" bir qator rivojlangan mamlakatlar hamda qoʻshni Qozogʻiston va Qirgʻizistonning koronavirus pandemiyasi taʼsirini yumshatishga qaratilgan iqtisodiy ragʻbatlantirish dasturlarining qisqa tahlilini taqdim etmoqda.
Germaniya

Kansler Angela Merkel hukumati koronavirus pandemiyasining mamlakat iqtisodiyotiga taʼsirini yumshatish uchun 750 milliard yevrodan (810 milliard dollar) ortiq miqdordagi ragʻbatlantiruvchi chora-tadbirlar paketini qabul qildi. Unga qoʻshimcha ravishda favqulodda byudjetdan 156 milliard yevro olinishi mumkin. Mablagʻlar yirik va kichik biznesni, bank-moliya tizimini qoʻllab-quvvatlashga, aholining kam taʼminlangan qatlamini ijtimoiy himoya qilishga va sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirishga yoʻnaltiriladi.
Italiya

Italiya hukumati koronavirus epidemiyasining mamlakat iqtisodiyotiga taʼsirini yumshatish maqsadida oʻz tarixida birinchi marta 750 mlrd yevro ajratishga qaror qildi. Italiyan YAIMining yarimiga teng miqdordagi bu mablagʻlar, avvalambor, yirik va kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash hamda iqtisodiyotni tiklashga yoʻnaltiriladi.
Fransiya
Fransiya koronavirus bilan bogʻliq iqtisodiy halokatning oldini olish uchun mamlakat iqtisodiyotiga toʻgʻridan-toʻgʻri 45 mlrd yevro va bank kreditlari orqali 300 mlrd yevrogacha yoʻnaltirishni rejalashtirgan. Mablagʻlar asosan yirik va kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy sugʻurtani va ishsizlik nafaqasini qoplash hamda iqtisodiyotga eng ogʻir taʼsir koʻrgan havo transporti sanoati va turizm sohalariga safarbar etiladi.
AQSH
koronavirus tarqalishi sababli kelgusi oylarda jahon yalpi ichki mahsulotining pasayishi 2009 yildan beri eng past oʻsish darajasida boʻlishi kutilmoqda.

28 mart kuni AQSH prezidenti Donald Tramp Amerika tarixidagi eng yirik 2,2 trillion dollarlik ragʻbatlantirish paketini qabul qildi. Unga koʻra, 850 mlrd dollar yirik va kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash, 300 mlrd dollar aholiga toʻgʻridan toʻgʻri toʻlov ajratishga, 250 mlrd dollar ishsizlik darajasini kamaytirishga, 140 mlrd dollar sogʻliqni saqlash sohasini rivojlantirishga yoʻnaltiriladi. Shuningdek, yana boshqa sohalarga koʻmaklashish hamda tadbirkorlik subʼyektlariga bir qator soliq imtiyozlar va yengilliklari belgilab oʻtilgan.

Buyuk Britaniya
Koronavirusga javoban, Buyuk Britaniya hukumati ushbu inqiroz davrida yirik va kichik biznesga yordam berish uchun bir qator soliq yengilliklarini joriy etdi. Umumiy ragʻbatlanish paketining miqdori belgilanmaganiga qaramasdan, Britaniya hukumati iqtisodiyotni ushbu inqirozdan chiqarish uchun 50 mlrd funt sterlingga yaqin toʻgʻridan-toʻgʻri moliyaviy yordam ajratdi. Umuman olganda, rasmiy London biznesga soliq imtiyozlari taqdim etish, grantlar ajratish va kredit liniyalar ochib berish orqali vaziyatni oʻnglamoqchi.
Yaponiya

Abe hukumati koronavirus pandemiyasining mamlakat iqtisodiyotiga taʼsirini yumshatish uchun qariyb 1 trln dollarga teng ragʻbatlantirish dasturini amalga oshirishga qaror qildi. Ragʻbatlantirish aholiga toʻgʻridan-toʻgʻri toʻlov ajratish, korxonalar uchun soliq va ijtimoiy sugʻurta toʻlovlarini kechiktirish, aholiga ishsizlik va ijtimoiy himoya nafaqasini koʻpaytirish hamda bir qator soliq imtiyozlari va yengilliklarini oʻz ichiga oladi.

Rossiya
Rossiya hukumati koronavirus bilan bogʻliq iqtisodiy vaziyatni barqarorlashtirish uchun 300 milliard rubl miqdoridagi inqirozga qarshi fond tashkil qildi. Mablagʻlar bosh vazir M.Mishustin tomonidan ishlab chiqarilgan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq safarbar etiladi.
Xususan, rejaning birinchi boʻlimi aholini zaruriy mahsulotlar bilan taʼminlash va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq. Ikkinchi boʻlimi iqtisodiyotning xavf ostida boʻlgan sohalarini qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq chora-tadbirlar — havo transporti, turizm, qurilish, dam olish, koʻngilochar va boshqalar. Uchinchi boʻlimi esa kichik va oʻrta korxonalarni maʼmuriy va moliyaviy yordam orqali qoʻllab-quvvatlash hamda toʻrtinchi boʻlim — bu Rossiya hududlari miqyosida imtiyozlar, preferensiyalar berish va chegaralash ishlarini amalga oshirish bilan bogʻliq chiqimlardir.
Qozogʻiston

15 mart kuni Qozogʻiston prezidentining farmoni bilan 15 aprelgacha butun mamlakat hududida favqulodda holat joriy etildi. Biznesni qoʻllab-quvvatlash va mehnat bozorida barqarorlikni taʼminlash uchun 7 asosiy yoʻnalishni oʻz ichiga oladigan shoshilinch choralar majmuasi ishlab chiqildi. Soliq imtiyozlari va mahalliy darajada qoʻllab-quvvatlashni hisobga olmaganda, inqirozga qarshi choralarning umumiy hajmi 4,4 trln tenge yoki 10 milliard dollarni tashkil qiladi.

Shavkat Mirziyoyev inqirozga qarshi choralarni eʼlon qildi
Ustuvor yoʻnalishlar mahalliy tadbirkorlik subʼyektlariga umumiy 1 trln tengegacha miqdordagi kreditlar ajratish, kreditning yuqori chegarasini 7 milliard tengega oshirish, ayrim kichik va oʻrta korxonalarni (yirik savdo obʼyektlari, kinoteatrlar, teatrlar, koʻrgazmalar, sport inshootlari) yil oxirigacha mulk soligʻidan ozod etish, qariyb 7 ming qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarini qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer soligʻi toʻlashdan ozod qilish, yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida ishlaydiganlarni daromad soligʻidan ozod qilish koʻzda tutilgan. Bundan tashqari, mehnat bozorida barqarorlikni taʼminlashga qaratilgan hamda umumiy moliyalashtirilishi 300 milliard tengega teng boʻlgan «Bandlik boʻyicha yangi yoʻl xaritasi» ishlab chiqish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga 1 minimal ish oyligi qiymati — 42500 tenge (100 dollar atrofida) ajratish, davlat tomonidan narxlar tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatga ega tovarlar roʻyxatini tasdiqlashdan iborat.
Qirgʻiziston

Qirgʻizistonda 25 martdan 15 aprelga qadar mamlakat boʻylab favqulodda holat joriy etilgan. Koronavirus epidemiyasining mamlakat iqtisodiyotiga taʼsirini yumshatish maqsadida mamlakat hukumati aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash hamda tadbirkorlik subʼyektlariga hukumat tomonidan ayrim soliq imtiyozlari va yengilliklar joriy etishga qaror qildi.
Shuningdek, Xalqaro valyuta jamgʻarmasi Qirgʻizistonga koronavirus bilan kurashish uchun 120,9 million dollar miqdorida yordam ajratishni maʼqullagan.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

