Boshoqli don ekinlari boʻyicha davlat xaridi toʻliq bekor qilinadi
2021 yil hosili uchun ekiladigan kuzgi boshoqli don ekinlarining urugʻlarini yetarli miqdorda nav va avlodlar boʻyicha tozalash, saralash, dorilash, qoplash hamda sertifikatlash ishlari shu yilning 25 sentyabriga qadar yakunlanadi.

Hukumatning “2021 yilda boshoqli don yetishtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (546-son, 08.09.2020 yil) qabul qilindi.

Oʻzbekiston davlatga gʻallani majburiy sotish rejasini 25 foizga qisqartirdi
Unga koʻra:
- Prezidentning 2020 yil 6 martdagi “Gʻalla yetishtirish, xarid qilish va sotishga bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, davlat tomonidan gʻallaga xarid narxini belgilash amaliyotidan voz kechiladi;
- boshoqli don ekinlari boʻyicha davlat xaridi toʻliq bekor qilinadi;
- ichki bozorda don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini taʼminlash tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur miqdordagi donning fyuchers, forqard shartnomalari asosida yoki birja savdolari orqali erkin narxlarda xarid qilish belgilandi.
Qaror bilan, shuningdek:
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 2021 yil hosili uchun prognoz koʻrsatkichlari;
- superelita urugʻlik don yetishtirish xajmlarining prognoz koʻrsatkichlari;
- boshoqli don ekinlari urugʻlarini tayyorlash xajmlarining prognoz koʻrsatkichlari;
- don va don mahsulotlari narxlari barqarorligini taʼminlash tadbirlarini amalga oshirish uchun xarid qilinadigan tovar don xajmlari kabilar belgilandi.
Shu bilan birgalikda,
2021 yil hosili uchun ekiladigan kuzgi boshoqli don ekinlarining urugʻlarini yetarli miqdorda nav va avlodlar boʻyicha tozalash, saralash, dorilash, qoplash hamda sertifikatlash ishlarini shu yilning 25 sentyabriga qadar yakunlash belgilandi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

