| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi492 marta oʻqildi

“Boshqaruv kadrlari portali” yaratiladi

“Davlat boshqaruvida ilgʻor davlat menejmenti va “aqlli” boshqaruv prinsiplarini bosqichma-bosqich joriy etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Hukumat qarori (959-son, 28.11.2019 y.) qabul qilindi.

“Boshqaruv kadrlari portali” yaratiladi

“Davlat boshqaruvida ilgʻor davlat menejmenti va “aqlli” boshqaruv prinsiplarini bosqichma-bosqich joriy etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Hukumat qarori (959-son, 28.11.2019 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, davlat organlari va tashkilotlari uchun professional boshqaruvchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimida masofaviy taʼlim texnologiyalarini oʻz ichiga olgan davlat boshqaruvida menejment va “aqlli” boshqaruv prinsiplari bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Shuningdek, “Boshqaruv kadrlari portali” yaratilib, 2020 yil 1 martga qadar ishga tushiriladi.

Portal foydalanuvchilarining yagona elektron bazasini shakllantirish va yangilab borish, shuningdek ularning kasbiy va shaxsiy oʻsishiga koʻmaklashuvchi masofaviy taʼlim texnologiyalarini joriy etish Portalning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

Qarorga koʻra, 2019 yil 1 dekabrdan boshlab Toshkent viloyati Boʻka tumani va Angren shahrida tajriba-sinov tariqasida rahbar kadrlar faoliyati samaradorligiga doimiy ravishda baho berib borish tizimi joriy etiladi va ushbu tizim 2020 yil 1 avgustga qadar amalga oshiriladi.

Tajriba-sinov yakunlari boʻyicha ushbu tizim keyinchalik butun respublika hududida joriy etiladi.

2020 yil 1 fevralga qadar davlat organlarining “Xalqqa – koʻmakchi, tadbirkorga – biznes hamkor” sifatida faoliyat koʻrsatishini kengaytirish maqsadida maxsus elektron platforma yaratiladi va ishga tushiriladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ