| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes2 daqiqada oʻqiladi58 marta oʻqildi

Bojxona omborlarida qancha oziq-ovqat mahsulotlar zaxirasi mavjud?

28 may holatiga bojxona omborlarida jami 40,4 mln. dollarga teng 83,1 ming tonna oziq-ovqat mahsulotlari saqlanmoqda.

Bojxona omborlarida qancha oziq-ovqat mahsulotlar zaxirasi mavjud?

Joriy yilning 28 may kuni holatiga bojxona omborlarida qiymati 1,8 mlrd. dollarlik, 1,2 mln. tn. ogʻirlikdagi tovarlar saqlanayotgan boʻlib, ulardan jami 1,2 trln. soʻm bojxona toʻlovlari undirilishi, 3,1 trln. soʻm bojxona toʻlovlaridan imtiyoz berilishi kutilmoqda.

Bojxona omborlarida saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlari roʻyxati

Shundan, bojxona omborlarida qiymati 40,4 mln. dollariga (83,1 ming tn.) teng oziq-ovqat (shu jumladan bugʻdoy) tovarlari saqlanmoqda.

Bular asosan quyidagi mahsulotlardir:

  1. bugʻdoy (42,2 ming tn, 8,6 mln. doll.);

  2. shakar (8,4 ming tn, 3,2 mln doll.);

  3. kungaboqar yogʻi (5,1 ming tn, 3,7 mln. doll.);

  4. palma yogʻi (3,8 ming tn, 2,5 mln. doll.);

  5. goʻsht (3,2 ming tn, 3,0 mln. doll.);

  6. un (3,2 ming tn, 840,9 ming doll.);

  7. noʻxat (3,1 ming tn, 669,8 ming doll.);

  8. margarin (2,1 ming tn, 2,2 mln. doll.);

  9. soya, araxis, zaytun yogʻi (1,2 ming tn, 981,2 ming doll.);

  10. kartoshka (888,7 tn, 95,2 ming doll.);

  11. konservalangan sabzavotlar (843,1 tn, 913,7 ming doll.);

  12. makaronlar (718,4 tn, 925,1 ming doll.);

  13. banan (518,2 tn, 207,2 ming doll.);

  14. bio qoʻshimchalar (456,6 tn, 3,9 mln. doll.);

  15. sut mahsulotlari (441,8 tn, 550,9 ming doll.);

  16. bolalar ovqati (231,0 tn, 1,1 mln. doll.);

  17. un mahsulotlari (vafli, pechene va h.z.) (227,2 tn, 371,6 ming doll.);

  18. shokolad (187,9 tn, 497,6 ming doll.);

  19. guruch (173,0 tn, 49,8 ming doll.);

Bojxona omborlaridagi oziq-ovqat mahsulotlari quyidagi hududiy bojxona boshqarmalari nazorati ostida saqlanmoqda:

  • Toshkent shahrida (38,9 ming tn., 24,0 mln. doll., asosan bugʻdoy, kungaboqar yogʻi, goʻsht, ichimliklar, palma yogʻi, banan, margarin, konservalangan sabzavotlar, guruch, sut mahsulotlari, shokolad, un, bolalar ovqati, makaronlar);

  • Sirdaryo viloyatida (18,1 ming tn., 3,9 mln. doll., asosan bugʻdoy, noʻxat, un, soya, araxis, zaytun yogʻi, palma yogʻi);

  • Toshkent viloyatida (13,9 ming tn., 6,8 mln. doll., asosan bugʻdoy, goʻsht, margarin, palma yogʻi, un, shakar, kungaboqar yogʻi, shokolad);

  • Samarqand viloyatida (4,8 ming tn., 3,5 mln. doll., asosan bugʻdoy, kungaboqar yogʻi, soya, araxis, zaytun yogʻi, shakar, margarin, konservalangan sabzavotlar);

  • Fargʻona (4,0 ming tn., 719,3 ming. doll., asosan bugʻdoy, olma, kartoshka, piyoz, sous);

  • Andijon (870,0 tn., 292,2 ming doll., asosan bio qoʻshimchalar va kartoshka);

  • Namangan (865,7 tn., 173,4 ming doll., asosan bugʻdoy, un, soya, araxis, zaytun yogʻi, kartoshka, yarim tayyor ovqatlar, bio qoʻshimchalar);

  • Xorazm viloyatida (759,9 tn., 575,5 ming doll., asosan kungaboqar yogʻi, bio qoʻshimchalar, banan, makaron, goʻsht);

  • Navoiy viloyatida (388,6 tn., 104,4 ming doll., asosan kimyoviy tuzlar).

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasida (193,4 tn., 125,3 ming doll., asosan un, bugʻdoy, baliq);

  • Jizzax viloyatida (62,6 tn., 96,2 ming doll., asosan bugʻdoy va kartoshka).

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ