| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes2 daqiqada oʻqiladi

Biznes-Ombudsman barcha tadbirkorlarni xushyorlikka chaqirdi

Biznes-Ombudsman tadbirkorlik subʼyektlaridan oʻz faoliyatlarida belgilangan karantin qoidalari, sanitariya qoidalari va meʼyorlariga qatʼiy rioya qilgan holda amalga oshirishlari kerakligini unutmasligini soʻradi.

Biznes-Ombudsman barcha tadbirkorlarni xushyorlikka chaqirdi

Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish davrida aholini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish va iqtisodiyot tarmoqlari faoliyat koʻrsatishining barqarorligini taʼminlash, shuningdek, tadbirkorlik subʼyektlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Prezident tomonidan bir qancha farmon va qarorlar qabul qilindi.

Farmon va qarorlari bilan tadbirkorlarga soliq, bank kreditlarining muddatlarini uzaytirish, tadbirkorlar faoliyatida soliq auditi tekshirishlariga moratoriy eʼlon qilinganligi va boshqa bir qancha imtiyozlar taqdim etildi.

Bu bilan pandemiya sharoitida tadbirkorlar qoʻllab-quvvatlandi va ularni bankrotlik holatiga tushib qolmaslik boʻyicha choralar koʻrildi.

Prezident tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar bilan berilgan imtiyoz va preferensiyalarni tadbirkorlarga qoʻllanishini ijrosi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Biznes-Ombudsmanning Buxoro viloyatidagi vakillari hamda Davlat sanitariya–epidemiologiya nazorati boshqarmasi tomonidan hamkorlikda nazorat tadbirlari olib borib, “COVID-19 pandemiyasi davrida cheklash tadbirlarini qoʻllanishi sharoitida davlat idoralari va boshqa tashkilotlari, shuningdek tadbirkorlik subʼyektlarining faoliyatini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi SanQvaM 0372-20 sonli vaqtinchalik sanitariya qoida va meʼyorlari talablarining bajarilishi boʻyicha tadbirkorlik subʼyektlari oʻrtasida targʻibot va tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Maxsus komissiya qaroriga asosan 2020 yil 5 iyundan boshlab:

  • mehmonxonalar, sanatoriylar, pansionatlar, bolalar oromgohlari, mehmon uylari, plyajlar, boshqa dam olish maskanlari va joylashtirish vositalari faoliyatiga (xostellar bundan mustasno);

  • uy mehmonxonalari va soliq organlarida roʻyxatdan oʻtgan dala hovlilar (dachalar) faoliyatiga (faqat oilaviy mehmonlarga xizmat koʻrsatish uchun);

  • mehmonxonalar, sanatoriylar, pansionatlar, bolalar oromgohlari, mehmon uylari, plyajlar, boshqa dam olish maskanlarida joylashgan hamda ochiq havoda xizmat koʻrsatuvchi umumiy ovqatlanish obʼyektlari (restoran, kafe, oshxona, choyxona) faoliyatiga;

  • individual shugʻullanish uchun trenajer zallari va basseynlar faoliyatiga;

  • taʼlim markazlari, toʻgaraklar (10 kishidan koʻp boʻlmagan guruh tashkil etib, vaqtini oldindan kelishgan holda) faoliyatiga, shuningdek diniy tashkilotlar faoliyatiga;

15 iyundan boshlab esa:

  • umumiy ovqatlanish obʼyektlari, buyum bozorlari faoliyatiga;

  • maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatiga;

  • hududlar oʻrtasidagi avtobus qatnovlariga ruxsat berilmoqda.

  • Oʻz navbatida oʻrnatilgan karantin qoidalariga qatʼiy rioya qilish, jumladan:

  • jamoat joylari va tadbirkorlik faoliyati obʼyektlarida ijtimoiy masofa (2 metr)ni saqlash, uch kishidan ortiq yigʻilmaslik, fuqarolarning tibbiy niqobdan hamda antiseptik vositalaridan foydalanish;

  • dehqon, qurilish bozorlari, oziq-ovqat va nooziq-ovqat savdo nuqtalari (supermarket va boshqa yirik doʻkonlar) kirish-chiqish joylarini pirometrlar va antiseptik vositalar bilan jihozlash hamda har bir fuqaroning tana haroratini oʻlchab, 370S va undan yuqori boʻlgan holatda, ushbu majmualarga kiritmaslik choralarini koʻrish;

  • barcha tashkilotlar kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion “toʻshak”lar bilan taʼminlash hamda xodimlar tomonidan ijtimoiy masofa (2 metr)ni saqlagan holda faoliyat yuritishini taʼminlash, shuningdek faoliyat turlari boʻyicha belgilangan sanitariya qoidalari va meʼyorlariga rioya qilish har birimizning burchimiz va masʼuliyatimiz ekanligini unutmasligimiz lozim.

Shu sababli, Tadbirkorlik subʼyektlari tomonidan oʻz faoliyatlarida belgilangan karantin qoidalari, sanitariya qoidalari va meʼyorlariga qatʼiy rioya qilgan holda amalga oshirishingizni soʻrab qolamiz.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ