| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes3 daqiqada oʻqiladi90 marta oʻqildi

Birjada oʻtgan hafta sement, benzin, shakar va paxta yogʻi qanchadan sotildi?

Oʻtgan haftada "Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi" AJning barcha savdo platformalarida 1 066,8 mlrd soʻmlik tovarlar sotilgan. Sement 98,0 %, benzen 26,2%, shakar 53,2%, paxta yogʻi 72,3% sotildi.

Birjada oʻtgan hafta sement, benzin, shakar va paxta yogʻi qanchadan sotildi?

17 – 23 avgust kunlari "Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi" AJning barcha savdo platformalarida 1 066,8 mlrd soʻmlik tovarlar sotilgan boʻlib, bu avvalgi haftaga nisbatan 6,0% ga kamdir. Bunda sotuvlarning 86,6% - birja savdolari, 4,6% - koʻrgazma-yarmarka savdolari, 8,1% - elektron davlat xaridlari va 0,6% - avtoraqamlarning onlayn-auksioniga toʻgʻri keldi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subʼyektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 352,8 mlrd soʻmni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida oʻtkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining 21,5 mlrd soʻmlik mablagʻlari tejaldi.

2020 yilning I yarim yilida birja savdolari orqali 25 405 mlrd soʻmlik tovarlar sotildi

Koʻrib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 958 ta avtoraqamlar sotildi, sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 6,5 mlrd soʻmni tashkil qildi. Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 4,0% birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 14,9% ikkinchi, 26,4% uchinchi, 11,6% toʻrtinchi, 17,9% beshinchi va 25,2% oltinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.

Birja savdolari

Koʻrib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 924,3 mlrd soʻmlik tovar resurslari sotildi. Sotuvchi korxonalar mahsulotlarni tasdiqlangan jadvallarga rioya qilgan holda birja savdolariga qoʻyishdi, shu jumladan:

Paxta yogʻi

Oʻtgan haftada birja savdolariga 1 393,0 tonna paxta yogʻi qoʻyildi va ulardan 1 007,0 tonnasi, yaʼni 72,3% sotildi. Oʻtkazilgan savdolarda har kuni oʻrtacha 71 ta xaridor ishtirok etdi.

Koʻrib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta yogʻining kunlik oʻrtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 13 857,3 ming soʻmdan 11 497,8 ming soʻmgacha, yaʼni 17,0% ga pasaydi. Hafta yakunlariga koʻra 1-navli paxta yogʻining haftalik kotirovkasi 1,7% ga oʻsib, mahsulotni bir tonnasi uchun 11 080,1 ming soʻmni tashkil etdi.

Shakar

Hafta davomida birja savdolariga 3 130,0 tonna shakar qoʻyildi va ulardan 1 664,0 tonnasi, yaʼni 53,2% sotildi.

Koʻrib chiqilayotgan davrda shakarning barcha kategoriyasi boʻyicha shakllangan kunlik oʻrtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 5 852,4 ming soʻmdan 5 824,5 ming soʻmgacha, yaʼni 0,5% ga pasaydi. Oʻtkazilgan birja savdolari natijasida shakarning 3-kategoriyasi boʻyicha shakllangan oʻrtacha haftalik narxi avvalgi haftaga nisbatan deyarli oʻzgarmadi va mahsulotni bir tonnasi uchun 5 839,5 ming soʻmni tashkil etdi.

Sement

Hafta davomida birja savdolariga 215 025,0 tonna sement qoʻyildi va ulardan 210 751,0 tonnasi, yaʼni 98,0% sotildi. Oʻrtacha kunlik sotuv hajmlari 42,1 ming tonnani tashkil qildi.

Koʻrib chiqilayotgan davrda sementning barcha markalari boʻyicha shakllangan kunlik oʻrtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 789,4 ming soʻmdan 736,6 ming soʻmgacha, yaʼni 6,7% ga pasaydi.

Benzin

Oʻtgan haftada birja savdolariga 63 680,0 tonna AI-80 markali avtomobil benzini qoʻyildi va ulardan 16 669,1 tonnasi, yaʼni 26,2% sotildi. Oʻtkazilgan savdolarda har kuni oʻrtacha 37 xaridor ishtirok etdi.

Koʻrib chiqilayotgan davrda AI-80 markali avtomobil benzinning kunlik oʻrtacha narxlari sezilarsiz oshib, mahsulotning bir tonnasi uchun 5 039,6 ming soʻmdan 5 043,9 ming soʻmgacha koʻtarildi.

Koʻrib chiqilayotgan davrda AI-80 rusumli avtomobil benzinning oʻrtacha haftalik kotirovkasi benzinning bir tonnasi uchun 5 043,3 ming soʻmni, AI-91 benzinining oʻrtacha haftalik kotirovkasi benzinning bir tonnasi uchun 5 672,1 ming soʻmni tashkil etdi.

Eslatib oʻtamiz, turli manbalarda keltirishicha avtomobil benzinining bir tonnasi oʻrtacha 1293-1370 litrni tashkil qiladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ