Birjada 993,9 mlrd. soʻmlik bitimlar tuzildi
2019 yilning 16-22 dekabrlarida “OʻzRTXB” AJ da 993,9 mlrd soʻmlik bitimlar tuzildi, bu esa avvalgi haftadagi natijaga nisbatan 10% ga koʻpdir. Kichik biznes va tadbirkorlik subʼyektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 26% ga oʻsib, 476,3 mlrd soʻmni tashkil etdi.

2019 yilning 16-22 dekabrlarida “OʻzRTXB” AJ da 993,9 mlrd. soʻmlik bitimlar tuzildi, bu esa avvalgi haftadagi natijaga nisbatan 10% ga koʻpdir. Kichik biznes va tadbirkorlik subʼyektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 26% ga oʻsib, 476,3 mlrd. soʻmni tashkil etdi.
Shu jumladan birja savdolarining hajmi 762,9 mlrd. soʻmdan 871,0 mlrd. soʻmga oshdi. Valyuta savdo maydonchasi orqali sotilgan tovarlarning summasi 851,8 ming AQSh dollarini tashkil etdi. Eksportning tarkibida polietilen ulushi – 67% va neft mahsulotlari ulushi – 33% ni egallashdi.
Koʻrgazma-yarmarka savdolarning haftalik hajmi 22,9 mlrd. soʻmni tashkil etdi. Kichik biznes subʼyektlari tomonidan amalga oshirilgan xaridlar 4,5 mlrd. soʻmni yoki tuzilgan bitimlarning 19,7% ni egalladi.
Oʻtgan haftada davlat xaridlari boʻyicha xarid.uz maxsus axborot portalida tuzilgan bitimlarning hajmi 96,2 mlrd. soʻmni tashkil etdi. Byudjet va korporativ buyurtmachilarning pul mablagʻini tejalishi 22,4 mlrd. soʻmni tashkil etdi.
Koʻrib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 729 ta avtomobil raqamlari sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 3,7 mlrd. soʻmni tashkil qildi. Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 21,8% birinchi toifadagi avtoraqamlarga 48,0% ikkinchi va 30,2% uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

