Berlinda Oʻzbekiston-Germaniya hamkorligi istiqbollari muhokama qilinadi
Tashrifdan maqsad – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Oliy Majlisga yoʻllangan Murojaatnomaning mazmun-mohiyati, Oʻzbekiston-Germaniya hamkorligining istiqbolli yoʻnalishlarini muhokama qilishdan iborat.

2020 yilning 24-26 fevral kunlari Oʻzbekiston Respublikasining hukumat delegatsiyasi Berlin shahrida boʻlib turibdi. Delegatsiya tarkibida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar Markazi direktorining oʻrinbosari U.Abidxodjayev ham bor.
Tashrifdan maqsad – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Oliy Majlisga yoʻllangan Murojaatnomaning mazmun-mohiyati, Oʻzbekiston Respublikasining ichki rivojlanishi va tashqi siyosatida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, Oʻzbekiston-Germaniya hamkorligining istiqbolli yoʻnalishlari, shuningdek, mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash, mintaqaviy va global savdo-iqtisodiy tuzilmalar bilan hamkorlik qilishning dolzarb masalalarini muhokama qilish.
Tadbir doirasida Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qoʻmitasining Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy direktori Eduard Kinsbruner, Iqtisodiyot va tashqi savdoni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Federal uyushma boshqaruvi raisi M.Shumann, Fan va siyosat jamgʻarmasi – xalqaro siyosat va xavfsizlik instituti rahbari F.Pertesom bilan uchrashuvlar oʻtkazish rejalashtirilgan.
Fridrix Ebert va Konrad Adenauer nomidagi jamgʻarmalar vakillari bilan ham alohida muzokaralar rejalashtirilgan. Shuningdek, Sharqiy Yevropa va xalqaro tadqiqotlar markazida «Yangi Oʻzbekiston sari» mavzusidagi davra suhbati boʻlib oʻtadi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

