| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi153 marta oʻqildi

Behzod Hamroyev: "Har bir oila tadbirkor" dasturi uchun yil oxirigacha 5,5 trl soʻm ajaratiladi

7 sentyabr kuni AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda Markaziy bank raisi oʻrinbosari Behzod Hamroyev pandemiya sababli respublikada oktyabr oyigacha kredit toʻlovini kechiktirish natijalari haqida maʼlumot berdi.

Behzod Hamroyev: "Har bir oila tadbirkor" dasturi uchun yil oxirigacha 5,5 trl soʻm ajaratiladi

Markaziy bank raisi oʻrinbosari oʻrinbosari Behzod Hamroyev 7 sentyabr kuni AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020-2021 yillarda iqtisodiy oʻsishni tiklash va iqtisodiyot tarmoqlarida tizimli islohotlarni davom ettirish toʻgʻrisidagi qarorida keltirilgan inqirozdan keyingi rivojlanish davrida banklarni transformatsiya qilish va bank xizmatlaridan foydalanish samaradorligini hamda ularning sifatini oshirishni jadallashtirish qaratilgan chora-tadbirlar haqida maʼlum qildi.

7 sentyabr kuni AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda Markaziy bank raisi oʻrinbosari Behzod Hamroyev pandemiya sababli respublikada oktyabr oyigacha kredit toʻlovini kechiktirish natijalari haqida maʼlumot berdi.

«Pandemiya sababli respublikada oktyabr oyigacha kredit toʻlovini kechiktirish natijasida umumiy miqdorda 256,5 trillion soʻm kredit toʻlovi kechiktirildi. Shundan 21,3 trillion soʻm yuridik shaxslarga toʻgʻri keladi. Barcha tadbirkorlik subʼyektlaridan kelib chiqsak, 65% yuridik shaxs bu imtiyozdan foydalanmoqda. 5,3 trillion soʻm (88%) jismoniy shaxslar tomonidan toʻlanadigan kredit toʻlovlari kechiktirilgan.

Joriy yil boshida "Har bir oila tadbirkor" loyihasi uchun 4 trillion soʻm ajratish maqsad qilingan edi. Bu mablagʻlar asosan soʻndirilgan qarzdorliklar hisobidan yoʻnaltirish nazarda tutilgan. Biroq pandemiya tufayli kreditlarni toʻlash kechiktirilganligi sabab, yana 2 trillion soʻm "Har bir oila tadbirkor" dasturi uchun qoʻshimcha yoʻnaltirildi. Yil oxiriga qadar 5,5 trl soʻm ajaratiladi. Oʻtgan 8 oyda 3,9 trl soʻm aholiga dastur doirasida berilgan», deydi Behzod Hamroyev.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020-2021 yillarda iqtisodiy oʻsishni tiklash va iqtisodiyot tarmoqlarida tizimli islohotlarni davom ettirish toʻgʻrisidagi qarori tasdiqlangan. Ushbu qarordagi amaliy harakatlar rejasi ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqich - 2020 yil oxiriga qadar - barqarorlashtirish va tiklangan oʻsish. Ikkinchi bosqich - 2021 yildan boshlab 5,0-5,5 foiz barqaror iqtisodiy oʻsish surʼatlarini taʼminlaydigan, 2020-2021 yillar davomida koronavirus pandemiyasining oqibatlarini moslashtirish bilan tizimli islohotlarni davom ettirishga qaratilgan choralar.

Shuningdek, 4 sentyabr kuni Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan “Oʻzbekiston 24” telekanalida ushbu qaror yuzasidan koʻrsatuv tayyorlandi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ