«Bankrotlik toʻgʻrisida»gi qonunga oʻzgartishlar kiritildi
«Bankrotlik toʻgʻrisida»gi qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali maʼlum qildi.

«Bankrotlik toʻgʻrisida»gi qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali maʼlum qildi.
Qonun bilan kiritilgan oʻzgartishlarga koʻra, bankrotlik toʻgʻrisidagi ishni qoʻzgʻatish uchun beriladigan arizada qarzdor va kreditorlarga toʻlov qobiliyatini tiklash yoki tugatish tartibotlari qoʻllashni koʻrsatgan holda murojaat etish huquqi berildi.
Kreditorlar yigʻilishida kreditorlar tomonidan ovoz berishda guruhlarga boʻlish va har bir kreditor guruhining ovozlari alohida inobatga olish amaliyoti joriy etildi. Shuningdek, endilikda kelishuv bitimi bankrotlik taomili deb hisoblanmaydi. Qarzdor va kreditorlar iqtisodiy sud tomonidan bankrotlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqishning har qanday bosqichida kelishuv bitimi tuzishga haqli.
Qonunga koʻra, bankrotlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrish muddati 1 oy etib belgilandi (hozirga qadar bu muddat 2 oy edi).
Shu bilan birga, endilikda sud sanatsiyasi koʻpi bilan 24 oy muddatga joriy etiladi (hozirga qadar 24 oy joriy etilib, iqtisodiy sud tomonidan koʻpi bilan 6 oyga uzaytirilishi mumkin edi). Ushbu qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtibordan kuchga kiradi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

