| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi67 marta oʻqildi

Bankka qoʻyilgan omonatni muddatidan oldin olsa foizi qanday hisoblanadi?

Bankka qoʻyilgan omonatni mijoz oʻz xohishiga qarab, chiqim qilishi mumkinmi? Agar muddatidan oldin foydalansa, omonat foizi qanday boʻladi? Ushbu savollarga Markaziy bank javob berdi.

Bankka qoʻyilgan omonatni muddatidan oldin olsa foizi qanday hisoblanadi?

Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 763-moddasida omonatchiga omonat summasi uchun bank omonati shartnomasida belgilanadigan miqdorda foizlar toʻlashi qayd etilgan.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 762-moddasiga asosan, agar omonatchi muddatli yoki boshqa omonatni, talab qilib olinguncha saqlanadigan omonat bundan mustasno, muddat tugagunga qadar yohud bank omonati shartnomasida koʻrsatilgan boshqa holatlar yuz bergunga qadar qaytarib olish niyatida boʻlsa, bu qarorini omonatni olishni moʻljallayotgan sanadan kamida bir oy oldin bankni xabardor qilishi shart.

Muddatli yoki boshqa omonat (talab qilib olinguncha saqlanadigan omonat bundan mustasno) muddat tugagunga qadar yohud bank omonati shartnomasida koʻrsatilgan boshqa holatlar yuz bergunga qadar omonatchining talabi bilan unga qaytarilgan hollarda, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, omonat foizlari toʻlanmaydi.

Shundan kelib chiqib, mijoz bankni xabardor qilgan holda, omonatni toʻliq yoki qisman olishi mumkin, ushbu holatda omonat uchun hisoblanadigan foiz stavkasi boʻyicha shartlar bank va omonatchi oʻrtasida tuzilgan shartnomada belgilab qoʻyiladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ