| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi174 marta oʻqildi

Bank tizimini isloh qilish 5 yillik strategiyasi tasdiqlandi

Umumiy kreditlash hajmida nobank kredit tashkilotlari ulushi joriy 0,35 foizdan 2025 yilga kelib 4 foizgacha oshiriladi.

Bank tizimini isloh qilish 5 yillik strategiyasi tasdiqlandi

“2020–2025 yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi toʻgʻrisida” Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan Oʻzbekistonda bank sektorini isloh qilishning asosiy yoʻnalishlari belgilandi.

Xususan, banklarning davlat resurslariga qaramligini pasaytirish, banklar faoliyatini avtomatlashtirish, banklarning asosiy faoliyat turi bilan bogʻliq boʻlmagan funksiyalarini bosqichma-bosqich bekor qilish orqali bank tizimining samaradorligini oshirish bank sektorini isloh qilishning asosiy yoʻnalishlaridan etib belgilandi.

Oʻzbekistondagi 6 ta bank xususiylashtiriladi

2020–2025 yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi tasdiqlandi hamda strategiyani amalga oshirish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar belgilandi.

Maqsadli koʻrsatkichlarda, jumladan, quyidagilar nazarda tutildi:

  • bank tizimi aktivlarining jami hajmida davlat ulushi boʻlmagan banklar aktivlari hissasini joriy 15 foizdan 2025 yilga kelib 60 foizgacha oshirish;

  • banklar majburiyatlarining umumiy hajmida xususiy sektor oldidagi majburiyatlar hissasini joriy 28 foizdan 2025 yil yakuniga 70 foizgacha oshirish;

  • 2025 yilga kelib davlat ulushi mavjud kamida uchta bank kapitaliga zarur tajriba, bilim va nufuzga ega kamida uchta strategik xorijiy investorlarni jalb qilish;

  • umumiy kreditlash hajmida nobank kredit tashkilotlari ulushini joriy 0,35 foizdan 2025 yilga kelib 4 foizgacha oshirish.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ