Ayrim import qilinadigan tovarlar bojxona boji toʻlashdan ozod qilindi
Import qilinadigan ayrim xomashyo va materiallar 2022 yil 1 yanvarga qadar bojxona boji toʻlashdan ozod qilindi. Shuningdek, 2020 yil 1 maydan 31 dekabrga qadar qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarishning soddalashtirilgan tartibi amal qiladi.

“Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini qoʻllab-quvvatlashga doir kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Prezident Farmoni qabul qilindi.
Farmonga koʻra, mahalliy ishlab chiqarilgan bazaviy sifatdagi paxta tolasining boshlangʻich narxi Nyu-York tovar birjasining eng yaqin yetkazib berish oyi uchun fyuchers kotirovkasi qiymatidan kelib chiqqan holda sotuvchi tomonidan belgilanadi.
1 iyundan import qilinadigan tamaki mahsulotlariga aksiz soligʻi kiritiladi
Shuningdek, mahalliy toʻqimachilik korxonalariga birja savdolarida 2020 yil 1 aprelga qadar milliy valyutada sotilgan paxta tolasi uchun yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirish muddati 90 kundan 150 kungacha uzaytiriladi.
Farmon bilan import qilinadigan ayrim xomashyo va materiallar 2022 yil 1 yanvarga qadar bojxona boji toʻlashdan ozod qilindi.
2020 yil 1 maydan 31 dekabrga qadar qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarishning soddalashtirilgan tartibi amal qiladi.
Oʻzbekiston bojxona chegarasi orqali paxta ip-kalavasi va trikotaj matoni olib chiqishda 2021 yil 1 yanvardan boshlab olib chiqiladigan har bir kilogramm ip-kalava uchun 0,01 AQSh dollari, 2022 yil 1 yanvardan olib chiqiladigan har bir kilogramm ip-kalava va trikotaj mato uchun 0,05 AQSh dollari, 2023 yil 1 yanvardan – 0,1 AQSh dollari, 2025 yil 1 yanvardan – 0,2 AQSh dollari miqdorida yigʻim undiriladi.
Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi markaziy apparatlari tuzilmalarida belgilangan shtat birliklari doirasida toʻqimachilik sanoati masalalari boʻyicha tuzilmalar tashkil etiladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

