| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi72 marta oʻqildi

Avtoraqamlarning onlayn sotuvlari keskin oshib ketdi

Oʻtkazilgan auksionlar mobaynida bitta lotga oʻrtacha 41 ta takliflar kelib tushib, oʻsish – 23,4% ni tashkil qilgan.

Avtoraqamlarning onlayn sotuvlari keskin oshib ketdi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 4 iyundagi 350-son qarori qabul qilinishi bilan Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining Avtoraqam savdo tizimida avtoraqamlarning onlayn sotuvlarini keskin oʻsishi kuzatilmoqda.

“Chiroyli” avtoraqamlarning toifalari hamda narxlari oʻzgardi

Xususan, joriy yilning 8-21 iyun kunlarida avtoraqam.uzex.uz vebsaytida jami 12,9 mlrd soʻmlik 4,3 mingta avtoraqamlar sotildi va bu yuqoridagi qaror qabul qilinishidan avvalgi mos davrga nisbatan 43% ga koʻpdir. Bu haqda "OʻzRTXB" AJ matbuot xizmati xabar qildi.

"Bunda, sotilgan avtoraqamlarning soni boʻyicha oʻsish 2,5 barobarni, xaridorlarining soni boʻyicha – 3,3 marotabani tashkil qildi. Oʻtkazilgan auksionlar mobaynida bitta lotga oʻrtacha 41 ta takliflar kelib tushdi, oʻsish – 23,4% ni tashkil qildi", deyiladi xabarda.

Avtoraqamlar boʻyicha savdolarning faollashuvi birjaning onlayn-auksioni orqali sotiladigan roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari (ROʻDRB) toifalarining kengayishi, shuningdek, baʼzilarining boshlangʻich narxlarining pasayishi bilan bogʻliqdir.

Xususan, Toshkentda harflar kombinatsiyasi bir xil boʻlgan avtoraqamlarning boshlangʻich qiymati 50 BHMdan (bazaviy hisoblash miqdori) 40 BHMgacha, va mos ravishda har xil kombinatsiyali avtoraqamalarning narxi 40 BHMdan 30 BHMgacha pasaytirilgan.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ