| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi55 marta oʻqildi

Avgust oyigacha Oʻzbekistonning oltin-valyuta zaxiralari qanchaga yetdi?

Oʻzbekistonning yalpi oltin-valyuta zaxiralari hajmi yil boshidan 5,6 mlrd dollarga koʻpaygan.

Avgust oyigacha Oʻzbekistonning oltin-valyuta zaxiralari qanchaga yetdi?

Oʻzbekistonning yalpi oltin-valyuta zaxiralari hajmi yil boshidan 5,6 mlrd dollarga koʻpayib, 1 avgust holatiga 34,7 mlrd dollarga yetdi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar qildi.

Shulardan, valyuta aktivlari 13,6 mlrd dollarni (yanvar oyidan boshlab +1,1 mlrd dollar), quyma shaklidagi monetar oltinlar — 20,7 mlrd dollarni (+4,4 mlrd) tashkil etadi.

Sof oltin-valyuta zaxiralari yanvar oyidan beri 5,3 mlrd dollarga oʻsib, 33,9 mlrd dollarga yetdi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ