| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi587 marta oʻqildi

Asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining zaxira hajmlari belgilandi

“2019-2020 yilgi qish-bahor mavsumida respublika aholisini va ijtimoiy soha muassasalarini asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan kafolatli taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Hukumat qarori (949-son, 25.11.2019 y.) qabul qilindi.

Qaror bilan 2019-2020 yilgi qish-bahor mavsumiga asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxiraga jamgʻarishning prognoz hajmlari tasdiqlandi.

Unga koʻra, 4 ta asosiy turdagi (kartoshka, piyoz, sabzi, guruch) qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining respublika boʻyicha jami zaxira hajmi 414 399 tonna etib belgilandi.

Shuningdek, ushbu mahsulotlarni zaxiraga gʻamlash uchun mahsulot ishlab chiqaruvchilar, tayyorlov tashkilotlari va ijtimoiy soha muassasalari oʻrtasida istisno tariqasida toʻgʻridan-toʻgʻri kontraktatsiya shartnomalari tuziladi.

Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 yanvarga qadar zaxiraga qoʻyilgan mahsulotni ichki isteʼmol bozoriga yetkazib berish va savdo shoxobchalarini joylashtirish jadvallari ishlab chiqiladi.

Bunda, mahsulotlar respublikaning barcha mintaqalari, shu jumladan, togʻli va borish qiyin boʻlgan hududlari boʻyicha bir tekis taqsimlanadi.

Byudjet tashkilotlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlarini xarid qilishga cheklangan narxlar oʻrnatiladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ