«AsiaMoney» jurnali Oʻzbekistonning eng yaxshi bankini aniqladi
AsiaMoney» jurnali tomonidan oʻtkazilgan «2020 yilning eng yaxshi banki» tanlovida banklarning soʻnggi 12 oydagi faoliyati tahlil qilingan.

«AsiaMoney» jurnali tomonidan oʻtkazilgan «2020 yilning eng yaxshi banki» (Best bank awards 2020) tanlovida “Oʻzsanoatqurilishbank” “Eng yaxshi mahalliy bank” nominatsiyasi boʻyicha gʻolib deb topildi.
Nashr ekspertlari bankni mamlakatdagi eng yirik kredit muassasa sifatida qayd etib, soʻnggi 12 oydagi faoliyatini tahlil qilgan. Aktivlarning 1 fevral holatiga koʻra, 15,4 foizga oʻsib, 35,4 trillion soʻmni tashkil qilganini qayd etadi.
«Oʻzbekistonda biznesni rivojlantirish imkoniyatlari juda keng. Ammo, “Oʻzsanoatqurilishbank” kabi kredit tashkilotlari koʻmagi bilan ushbu jarayonlar yanada jadallashishi shubhasiz», deyiladi «AsiaMoney» xabarida.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

