| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi

«ASIA ALLIANCE BANK» ATB 45 mlrd soʻmlik korporativ obligatsiyalarini joylashtirdi

«ASIA ALLIANCE BANK» ATB chiqargan korporativ obligatsiyalarning nominal qiymati – 1,0 mln. soʻm. Ushbu obligatsiyalarning daromadliligi yiliga + 4% ni tashkil etadi.

«ASIA ALLIANCE BANK» ATB 45 mlrd soʻmlik korporativ obligatsiyalarini joylashtirdi

2020 yilning 24 iyunida «Toshkent» RFBda «ASIA ALLIANCE BANK» ATBning 45 mlrd. soʻmlik korporativ obligatsiyalari joylashtirilishi yakunlandi. Bu roʻyxatga olingan obligatsiyalarning 90% dan ortigʻini tashkil etadi, deb xabar bermoqda Kapital bozori agentligi.

«ASIA ALLIANCE BANK» ATB chiqargan korporativ obligatsiyalarning roʻyxatdan oʻtgan hajmi 50,0 mlrd soʻmni tashkil etadi. Nominal qiymati – 1,0 mln. soʻm, muomala muddati – 7 yil (yoki joylashtirilgan kundan boshlab 2557 kun). Ushbu obligatsiyalarning daromadliligi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasiga teng boʻlib, yiliga + 4% ni tashkil etadi. Obligatsiyalar boʻyicha choraklik foiz toʻlovlari ham koʻzda tutilgan. Obligatsiyalar «Toshkent» RFB listingiga kirib, ochiq aylanishi mumkin.

Maʼlumot uchun: «ASIA ALLIANCE BANK» ATB ning 100% aksiyalariga Oʻzbekiston Respublikasi davlat aktivlarini boshqarish agentligi egalik qiladi. «ASIA ALLIANCE BANK» ATB Oʻzbekistondagi yosh va jadal rivojlanayotgan, loyihalarni moliyalashtirish sohasidagi faol banklardan biridir.

2011 yil noyabr oyidan boshlab bank «Moodyʼs Investor Service» xalqaro reyting agentligining reytinglariga kirgan. «ASIA ALLIANCE BANK» ATB quyidagi reytinglarga kiritilganki, ular har yili Agentlik tomonidan tasdiqlanadi:

  • kontragent uzoq muddatli xatarlarini bank tomonidan baholash (CR Assessment) – B1 (cr) darajasi;

  • depozitlarning uzoq va qisqa muddatli reytinglari – V2 darajasi.

Bundan tashqari, 2019 yilning noyabr oyida Asia Alliance Bank "2019 yilda Oʻzbekistonning yil banki" nomiga sazovor boʻldi. Bank «Toshkent» RFBning birja kotirovkasi roʻyxatiga kiritilgan boʻlib, korporativ obligatsiyalar bozorida birja savdolarning faol ishtirokchisi hisoblanadi.

Bozordagi oʻrni va daromadlari

2020 yilning 5 oy yakuniga koʻra Asia Alliance Bank umumiy aktivlari boʻyicha 18-oʻrinni (2,5 trln. soʻm) va kapital hajmi boʻyicha 20-oʻrinni (305 mlrd. soʻm) egallab turibdi. Bankning kredit portfeli 1,7 trln. soʻm – barcha bank kreditlarining 0,7% hajmida shakllantirilgan.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ