| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi272 marta oʻqildi

AQSh Savdo vakili ofisi Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlish jarayoniga yordam beradi

Amerika tomoni fikriga koʻra, Oʻzbekiston tomoni koronavirus pandemiyasi davridan mamlakatning JSTga qoʻshilishi boʻyicha Ishchi guruhining 4-yigʻilishiga yanada puxta va sifatli tayyorgarlik koʻrish imkoniyati sifatida foydalanishi mumkin.

AQSh Savdo vakili ofisi Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlish jarayoniga yordam beradi

AQSh Savdo vakili ofisi Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilot (JST)ga aʼzo boʻlish yordam beradi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Oʻzbekiston yil oxirigacha «GSP+» benefitsiar maqomini olishi mumkin

AQSh savdo vakilining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari boʻyicha yordamchisi K.Uilson bilan videokonferensiya oʻtkazilib, Oʻzbekistonning JST aʼzo boʻlish doirasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

“Amerika tomoni koronavirus pandemiyasi davri va shu bilan bogʻliq joriy yilning aprel oyi oxirigacha Jenevadagi JST shtab-kvartirasidagi tadbirlarning bekor qilinishi Oʻzbekistonning JSTga qoʻshilishi boʻyicha Ishchi guruhining 4-yigʻilishiga va unga aʼzo mamlakatlar bilan boʻladigan muzokaralarga yanada puxta va sifatli tayyorgarlik koʻrish imkoniyatidan Oʻzbekiston tomoni foydalanishi mumkinligi toʻgʻrisida fikr bildirdi”, deyilgan xabarda.

Shuningdek, tomonlar kun tartibini yanada jadal va tezkor ishlab chiqishga imkon beradigan respublikaning JSTga aʼzo boʻlish jarayonida barcha tadbirlarni samarali tashkil etish maqsadida, shu kabi videokonferensiyalarni muntazam ravishda oʻtkazish orqali toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ