| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi123 marta oʻqildi

AQSh koronavirusga qarshi kurashish uchun Oʻzbekistonga mablagʻ ajratdi

AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi Oʻzbekistonga shoshilinch tibbiy operatsiyalar markazini tashkil etish maqsadida tegishli jihoz xarid qilish uchun mablagʻ ajratdi.

AQSh koronavirusga qarshi kurashish uchun Oʻzbekistonga mablagʻ ajratdi

AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi (CDC/CAR) Markaziy Osiyo hukumatlarining COVID-19 ga qarshi saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida 6,8 million dollar ajratdi.

Buning 2,07 million dollari Oʻzbekistonga beriladi. Bu haqda AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi xabar qildi.

Mablagʻ COVID-19 testlari uchun laboratoriya jihozlari va asbob-uskunalar sotib olishga sarflanadi.

Shuningdek, ajratilgan mablagʻ CDC Atlantada ochganiga oʻxshash Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash tizimida shoshilinch tibbiy operatsiyalar markazini tashkil etish maqsadida tegishli jihoz xarid qilish va trening oʻtkazishga sarflanadi.

CDC chegara kirish punktlarida tekshiruvdan oʻkazish uchun texnik koʻmak ham beradi, bu esa mamlakatning chegaralarda shaxslarni aniqlash va javob qaytarish qobiliyatini mustahkamlaydi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ