| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi151 marta oʻqildi

Ai-80 benzini narxini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilinadi

1 maydan boshlab Ai-80 markali avtomobil benzini va dizel yoqilgʻisi (shu jumladan EKO markali dizel yoqilgʻisi) chakana narxlarini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilinadi va neftni qayta ishlash zavodlari tomonidan ularni sotish faqat birja savdolari orqali amalga oshiriladi.

Ai-80 benzini narxini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilinadi

“Neft-gaz tarmogʻining moliyaviy barqarorligini oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Neft-gaz tarmogʻi korxonalarining operatsion samaradorligini yaxshilash boʻyicha “yoʻl xaritasi” ishlab chiqiladi.

Neft-gaz tarmogʻidagi barcha korxonalarda korrupsiyaga qarshi “kompleans-nazorat” tizimi joriy etiladi.

Yuqori malakali xorijiy ekspert va mutaxassislar, shu jumladan xorijdagi vatandoshlarni neft-gaz tarmogʻi korxonalariga ishga yollash boʻyicha takliflar ishlab chiqiladi.

Neft-gaz tarmogʻidagi faoliyat turlarini litsenziyalash takomillashtiriladi va soddalashtiriladi.

“Oʻzbekneftgaz” AJ va “Oʻzkimyosanoat” AJ ustav jamgʻarmalarida davlat ulushi oshiriladi.

2020 yil 1 maydan boshlab Ai-80 markali avtomobil benzini va dizel yoqilgʻisi (shu jumladan EKO markali dizel yoqilgʻisi) chakana narxlarini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilinadi va neftni qayta ishlash zavodlari tomonidan ularni sotish faqat birja savdolari orqali amalga oshiriladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ