| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi648 marta oʻqildi

Yagona soliq toʻlovi oʻrniga aylanmadan olinadigan soliq kiritildi

“Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.

Yagona soliq toʻlovi oʻrniga aylanmadan olinadigan soliq kiritildi

“Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.

Qonun bilan Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlandi.

Qonunga muvofiq, 2007 yilda qabul qilingan Soliq kodeksida nazarda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar 2020 yilning 1 apreliga qadar amal qiladi.

2020 yilning 1 yanvarigacha qabul qilingan soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar ularning amal qilish muddati tugagunga qadar amal qiladi.

Qonunga koʻra, yagona ijtimoiy toʻlov, yagona soliq toʻlovi va qatʼiy belgilangan soliq oʻrniga tegishlicha ijtimoiy soliq, aylanmadan olinadigan soliq hamda qatʼiy belgilangan miqdorda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi kiritilmoqda.

Hisoblangan soliq summasidan hisobga olinadigan QQS summasining oshib ketishi natijasida hosil boʻlgan QQS summasining oʻrnini qoplash 2020 yilning 1 iyulidan eʼtiboran amalga oshiriladi.

Soliq toʻlovchi 2020 yil 1 yanvarga qadar hosil boʻlgan zararni kelgusiga, ushbu zarar koʻrilgan soliq davridan keyingi 5 yildan koʻp boʻlmagan muddatga koʻchirishni amalga oshirishga haqli.

Bunda, har bir keyingi soliq davrida hisobga olinadigan oʻtkazilayotgan zararning jami summasi joriy soliq davridagi soliq bazasining 50 foizidan oshishi mumkin emas.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ