| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes2 daqiqada oʻqiladi591 marta oʻqildi

Haftalik kotirovkalar: bir kilogramm oltin sotildi

2019 yil 11 - 17 noyabr kunlari "OʻzRTXB" AJ da oʻtkazilgan birja savdo natijalariga koʻra birja bozorining turli tovar segmentlarida narxlar dinamikasi turli yoʻnalishlar boʻyicha shakllanib bordi.

Haftalik kotirovkalar: bir kilogramm oltin sotildi

2019 yil 11 - 17 noyabr kunlari "OʻzRTXB" AJ da oʻtkazilgan birja savdo natijalariga koʻra birja bozorining turli tovar segmentlarida narxlar dinamikasi turli yoʻnalishlar boʻyicha shakllanib bordi.

Koʻrib chiqilayotgan davr mobaynida 3572,7 tonna AI-91 rusumli benzin birja savdolariga qoʻyildi, va shundan 3090,6 tonnasi sotildi. Soʻnggi savdo haftasida AI-91 rusumli benzini boʻyicha shakllangan birja kotirovkasi avvalgi haftaga nisbatan 0,2% ga pasaydi va bir tonnasi uchun 6223,9 ming soʻmni tashkil etdi.

Oltinning narxi kichik pasayishni koʻrsatmoqda, soʻnggi savdo haftasida shakllangan birja kotirovkasi 1,5% ga pasayib, 1 gr oltin uchun 446,5 ming soʻmni tashkil etdi. Haftalik savdo natijalariga koʻra OʻzRTXB da 446,5 mln soʻmlik 1000 gr Au-1 markali oltin sotilgan. Sotuvchi sifatida “Olmaliq KMK” AJ savdoda qatnashdi.

Oʻtgan haftada suyultirilgan gaz ishlab chiqaruvchilari birja savdolari orqali 13,2 mlrd soʻmlik 4568,0 tonna suyultirilgan gaz sotishdi. Gazning birjada shakllangan narxi oldingi haftaga nisbatan 11,7% ga koʻtarilib, bir tonna uchun 2900,5 ming soʻmni tashkil etdi.

Qora metall bozorida talab oʻsib bormoqda. Xususan, ST 12-35 GS armaturaning narxi 1,5% ga oʻsib, bir tonnasi uchun 5693,7 ming soʻmni tashkil etdi. Birja orqali sotilgan barcha turdagi qora metallning hajmi jami 7,3 ming tonnani tashkil qilgan.

Sement bozori ham kichik oʻsishni koʻrsatmoqda. PS M-400 D-20 sement boʻyicha narxlar avvalgi haftaga nisbatan 3,8% ga koʻtarilib, 556,5 ming soʻmni tashkil qildi. Faol sotilayotgan boshqa markali sementlarning narxlar diapazoni 460,0-750,0 ming soʻmni tashkil etmoqda.

Birjada paxta tolasi uchun yuqori darajadagi talab saqlanmoqda. Oʻtgan hafta 1 nav 4 tip (oddiy klass)dagi paxta tolasi boʻyicha narxlar 1,4% ga oʻsib, bir tonna uchun 14,9 mln soʻmni tashkil etdi. Paxta tolasini boshqa navlarining narxlari oʻrtacha 7,3 mln soʻmdan 13,0 mln soʻmgacha boʻldi.

Plyonka ishlab chiqarishda foydalaniladigan F-0120 polietilenning bir tonna uchun narxi 11,8 mln soʻmni tashkil etib, 0,9% ga pasaydi. Oʻtgan haftada jami 1,8 ming tonna polietilen sotilgan.

Oʻtgan haftada karbamidning narxi pasaygani kuzatildi, bir tonnasini narxi 0,6% ga pasayib 1777,8 ming soʻmni tashkil etdi. Umuman olganda, hafta davomida birja savdolari orqali 30,4 ming tonna atrofida mineral oʻgʻitlar sotildi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ