| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes2 daqiqada oʻqiladi224 marta oʻqildi

Haftalik kotirovkalar: 8 killogrammdan ortiq oltin sotildi

2019 yil 16 – 20 dekabr kunlari "OʻzRTXB" AJda oʻtkazilgan birja savdo natijalariga koʻra birja bozorining bir qator tovar segmentlarida narxlar dinamikasi turli yoʻnalishlar boʻyicha shakllandi.

Haftalik kotirovkalar: 8 killogrammdan ortiq oltin sotildi

2019 yil 16 – 20 dekabr kunlari "OʻzRTXB" AJda oʻtkazilgan birja savdo natijalariga koʻra birja bozorining bir qator tovar segmentlarida narxlar dinamikasi turli yoʻnalishlar boʻyicha shakllandi.

Koʻrib chiqilayotgan davr mobaynida 4079,8 tonna AI-91 rusumli benzin birja savdolariga qoʻyildi va shundan 3404,6 tonnasi sotildi. Soʻnggi savdo haftasida AI-91 rusumli benzini boʻyicha shakllangan birja kotirovkasi avvalgi haftaga nisbatan 0,5% ga pasayib bir tonnasi uchun 6241,7 ming soʻmni tashkil etdi.

Oʻtgan haftada suyultirilgan gaz ishlab chiqaruvchilari birja savdolari orqali 12,7 mlrd soʻmlik 4740,0 tonna suyultirilgan gaz sotishdi. Gazning birjada shakllangan narxi oldingi haftaga nisbatan 1,6% ga pasayib, bir tonna uchun 2688,0 ming soʻmni tashkil etdi.

Qora metall bozorida narxlar pasayib borayotgan oʻzgarishlar kuzatilmoqda. ST 14-35 GS armaturaning narxi 3,2% ga pasayib, bir tonnasi uchun 5315,2 ming soʻmni tashkil etdi. Birja orqali sotilgan barcha turdagi qora metallning hajmi jami 4,8 ming tonnani tashkil qilgan.

Qimmatbaho metallar bozorida narxlar oʻsib bormoqda. Savdo yakunlariga koʻra OʻzRTXB da qariyb 3,8 mlrd soʻmlik 8 kilogrammdan ortiq Au-1 markali oltin sotilgan. Birja savdolarida sotuvchi sifatida “Olmaliq KMK” AJ ishtirok etdi. Birja kotirovkasi soʻnggi savdo yakunlariga nisbatan 1% ga koʻpayib, 1 gr oltin uchun 453,1 ming soʻmni tashkil qilgan.

Sement bozori ham narxlar pasayishini koʻrsatmoqda. PS M-400 D-20 sement boʻyicha narxlar avvalgi haftaga nisbatan 1,7% ga tushib, 496,8 ming soʻmni tashkil qildi. Faol sotilayotgan boshqa markali sementlarning narxlar diapazoni 460,0-750,0 ming soʻmni tashkil etmoqda.

Paxta tolasi bozorida yuqori darajadagi talab saqdanmoqda. Oʻtgan hafta 1 nav 4 tip (oliy 2019) dagi paxta tolasi boʻyicha narxlar 4,9% ga oʻsib, bir tonna uchun 14,6 mln soʻmni tashkil etdi. Paxta tolasini boshqa navlarining narxlari oʻrtacha 10,9 mln soʻmdan 14,5 mln soʻmgacha boʻldi.

I-0760 - markali polietilenning narxi 1,4% ga pasayib, 10,9 mln soʻmni tashkil etdi. Oʻtgan haftada jami 1,8 ming tonna polietilen sotilgan.

Oʻtgan haftada karbamid bozorida narxlar biroz koʻtarilishi kuzatildi. Karbamid “V” ning bahosi oʻtgan haftada 0,6% ga oʻcib, bir tonnasi uchun 1842,1 ming soʻmni tashkil etdi. Umuman olganda, hafta davomida birja savdolari orqali 49,1 ming tonna mineral oʻgʻitlari sotilgan.

1-navli bugʻdoy unining birja bozorida muvozanat holat qayd etilmoqda. Soʻnggi savdo haftasida 30,6 ming tonna 1-navli un birja savdolariga qoʻyildi va shundan qariyb 68 mln soʻmlik 29,3 ming tonnasi sotilgan. 1-navli un boʻyicha shakllangan birja kotirovkasi avvalgi haftaga nisbatan deyarli oʻzgarmadi va bir tonnasi uchun 2217,2 ming soʻmni tashkil etdi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ