Haftalik birja kotirovkalar: benzin narxi pasaymoqda
2019 yil 9 – 13 dekabr kunlari "OʻzRTXB" AJda oʻtkazilgan birja savdo natijalariga koʻra birja bozorining turli tovar segmentlarida narxlar dinamikasi ustuvor ravishda pasaydi.

2019 yil 9 – 13 dekabr kunlari "OʻzRTXB" AJda oʻtkazilgan birja savdo natijalariga koʻra birja bozorining turli tovar segmentlarida narxlar dinamikasi ustuvor ravishda pasaydi.
Koʻrib chiqilayotgan davr mobaynida 3499,4 tonna AI-91 rusumli benzin birja savdolariga qoʻyildi va shundan 2726,0 tonnasi sotildi. Soʻnggi savdo haftasida AI-91 rusumli benzini boʻyicha shakllangan birja kotirovkasi avvalgi haftaga nisbatan 0,7% ga pasayib bir tonnasi uchun 6270,7 ming soʻmni tashkil etdi.
Oʻtgan haftada suyultirilgan gaz ishlab chiqaruvchilari birja savdolari orqali 13,3 mlrd soʻmlik 4880,0 tonna suyultirilgan gaz sotishdi. Gazning birjada shakllangan narxi oldingi haftaga nisbatan 1,9% ga paayib, bir tonna uchun 2730,7 ming soʻmni tashkil etdi.
Qora metall bozorida narxlar pasayib borayotgan oʻzgarishlar kuzatilmoqda. ST 12-35 GS armaturaning narxi 1,3% ga pasayib, bir tonnasi uchun 5491,8 ming soʻmni tashkil etdi. Birja orqali sotilgan barcha turdagi qora metallning hajmi jami 7,6 ming tonnani tashkil qilgan.
Sement bozori ham narxlar pasayishini koʻrsatmoqda. PS M-400 D-20 sement boʻyicha narxlar avvalgi haftaga nisbatan 1,3% ga pasayib, 505,3 ming soʻmni tashkil qildi. Faol sotilayotgan boshqa markali sementlarning narxlar diapazoni 460,0-750,0 ming soʻmni tashkil etmoqda.
Paxta tolasi bozorida yuqori darajadagi talab saqdanmoqda. Oʻtgan hafta 1 nav 4 tip (oliy 2019) dagi paxta tolasi boʻyicha narxlar 2,3% ga oʻsib, bir tonna uchun 14,9 mln soʻmni tashkil etdi. Paxta tolasini boshqa navlarining narxlari oʻrtacha 10,9 mln soʻmdan 14,5 mln soʻmgacha boʻldi.
Plyonka ishlab chiqarishda foydalaniladigan F-0120 polietilenning narxi 7,4% ga pasayib, 11,4 mln soʻmni tashkil etdi. Oʻtgan haftada jami 1,8 ming tonna polietilen sotilgan.
Oʻtgan haftada karbamid bozorida narxlar biroz koʻtarilishi kuzatildi. Karbamid “V” ning bahosi oʻtgan haftada 0,9% ga oʻcib, bir tonnasi uchun 1831,7 ming soʻmni tashkil etdi. Umuman olganda, hafta davomida birja savdolari orqali 41,7 ming tonna mineral oʻgʻitlar sotildi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

