| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi144 marta oʻqildi

2021 yilda davlatning 7,8 trln. soʻm miqdoridagi asosiy qarzini qaytarish manbalari

Hisob palatasi tomonidan tayyorlangan 2021 yil uchun Byudjetnoma boʻyicha xulosasida davlatning asosiy qarzi miqdori va uni qaytarish manbalari keltirilgan.

2021 yilda davlatning 7,8 trln. soʻm miqdoridagi asosiy qarzini qaytarish manbalari

Konsolidatsiyalashgan byudjet taqchilligining 18 575,7 mlrd soʻmi Davlat byudjetiga toʻgʻri kelib, uni qoplash manbasi sifatida byudjetni qoʻllab quvvatlash uchun chetdan jalb qilingan tashqi qarz mablagʻlari va yevroobligatsiyalar joylashtirish hamda Davlat qimmatli qogʻozlari chiqarish hisobiga jalb qilinadigan mablagʻlar belgilangan.

Davlat byudjeti xarajatlari asossiz ravishda 898,4 mlrd soʻmga oshirilgan holda koʻrsatilgan

2021 yilgi konsolidatsiyalashgan byudjet taqchilligi, shuningdek 7,8 trln. soʻm miqdoridagi asosiy qarzni qaytarish xarajatlarini quyidagi manbalardan qoplanishi rejalashtirilgan:

  • 5 trln. soʻm – ichki bozorga Davlat qimmatli qogʻozlari chiqarish hisobiga;

  • 18,7 trln. soʻm – tashqi qarz mablagʻlarini jalb qilish va yevroobligatsiyalar joylashtirish hisobiga;

  • 1,4 trln. soʻm – Davlat byudjeti va Davlat maqsadli jamgʻarmalarining yil boshiga qoldiq mablagʻlari hisobidan;

  • 8,1 trln. soʻm – Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining yil boshiga qoldiq mablagʻlari hisobidan;

  • 12,1 trln. soʻm Davlat dasturlarini amalga oshirish uchun vazirlik va idoralar tomonidan jalb qilingan tashqi qarz mablagʻlari hisobidan.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ