2020 yilning 6 oyida jismoniy shaxslar tomonidan qancha dollar sotildi va sotib olindi?
Joriy yilning yanvar-iyul oylarida jismoniy shaxslar tomonidan sotilgan chet el valyutasi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 842 mln. dollarga oshdi.

Joriy yilning yanvar-iyul oylarida jismoniy shaxslar tomonidan sotilgan chet el valyutasi miqdori 2,5 mlrd. AQSh dollarini tashkil etib, avvalgi yilning mos davriga nisbatan 50 foizga yoki 842 mln. dollarga oshdi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar qildi.
Jismoniy shaxslar tomonidan sotib olingan valyuta hajmi esa 2 mlrd. dollarga teng boʻlib, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 3 barobar oshdi (2019 yilning mos davrida - 686 mln. doll.).

Natijada ushbu operatsiyalar boʻyicha ijobiy saldo (sof taklif) 501 mln. dollarga yetib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 489 mln. dollarga (yoki 49 foizga) kamaydi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

