2020 yil bahorigacha Gruziyaga poyezd orqali yuk tashishni boshlash rejalashtirilmoqda
«Oʻzbekiston temir yoʻllari» 2020 yil bahoriga qadar Ozarbayjon va Gruziyaga tranzit poyezdlari harakatini yoʻlga qoʻyishni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi temir yoʻl tashuvchisi matbuot xizmati.

«Oʻzbekiston temir yoʻllari» 2020 yil bahoriga qadar Ozarbayjon va Gruziyaga tranzit poyezdlari harakatini yoʻlga qoʻyishni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi temir yoʻl tashuvchisi matbuot xizmati.
Bu haqda Toshkentda Oʻzbekiston, Ozarbayjon, Gruziya, Qirgʻiziston va Turkmaniston temir yoʻllari rahbarlarining besh mamlakat oʻrtasidagi xalqaro multimodal yoʻnalishni rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan uchrashuvida aytildi.
«Multimodal yoʻnalish boʻyicha tajriba tranzit konteyner poyezdi harakatining yoʻlga qoʻyilishi 2020 yilning birinchi choragida rejalashtirilgan», -deyiladi kompaniya saytidagi yigʻilishdan keyingi bayonotda.
Uchrashuv davomida ishtirokchilar tranzit tariflarining umumiy stavkalari va marshrut boʻyicha yuklarni tashish shartlarini belgilab, logistika infratuzilmasini muhokama qildi. Tomonlar, shuningdek, Oʻzbekiston transport vazirligi raisligida ishtirok etuvchi mamlakatlar temir yoʻllari rahbarlaridan tarkib topgan muvofiqlashtiruvchi qoʻmitani tuzishga kelishib oldi.
Eslatib oʻtamiz, 2018 yilning birinchi choragida Boku-Tbilisi-Kars temir yoʻl liniyasi boʻylab tajriba tranzit yuk tashishni boshlash rejalashtirilgan edi. U 2017 yil oktyabr oyida Ozarbayjon-Gruziya-Turkiya davlatlararo kelishuvi asosida ochilgan. Uning ishtirokchilariga koʻra, dastlabki bosqichda yuk hajmi 6,5 million tonnani tashkil etadi va bir milliongacha yoʻlovchi tashiladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

