| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi194 marta oʻqildi

2020–2022 yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturi tasdiqlandi

“Oʻzbekistonning 2020–2022 yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

2020–2022 yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturi tasdiqlandi

“Oʻzbekistonning 2020–2022 yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-4563-son, 09.01.2020 y.) qabul qilindi.

Qaror bilan Oʻzbekistonning 2020–2022 yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturi tasdiqlandi.

Dasturda, jumladan, quyidagilar nazarda tutilgan:

  • 850,5 trln soʻm investitsiyalar, shu jumladan 35,5 mlrd AQSh dollari miqdoridagi xorijiy investitsiyalarni oʻzlashtirish;

  • 206 ta yangi ishlab chiqarish quvvatlari va 31 mingdan ziyod ish oʻrinlari yaratish.

Qarorga koʻra, Oʻzbekiston nomidan yoki kafolati ostida tashqi qarzni jalb etish boʻyicha 2020 yilda yangi imzolanadigan shartnomalar doirasidagi loyihalar “2020 yil uchun Oʻzbekistonning Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonun bilan belgilangan chegaraviy hajmlar doirasida aniqlanadi.

Shuningdek, qiymati 50 mln AQSh dollaridan oshadigan va xorijiy investorning ulushi 50 foizdan kam boʻlmagan investitsiya loyihalari doirasida ishlab chiqarish maydonidan tashqaridagi zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini byudjet mablagʻlari hamda moliyalashtirishning boshqa ichki manbalari hisobidan qurish tartibi mazkur investitsiya loyihalari quyidagi talablarga mos kelgan taqdirda qoʻllaniladi:

  • loyihaning iqtisodiy samaradorligi mavjudligi;

  • Urbanizatsiya agentligining loyihani soʻralayotgan yer uchastkasida joylashtirishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi mavjudligi;

  • loyihaning loyihaoldi hujjatiga davlat ekologiya ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjudligi (zarur hollarda).

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ