2019 yilda «Oʻzkimyosanoat» 6,3 trln soʻmlik mahsulot ishlab chiqardi
2019 yil yakuni bilan «Oʻzkimyosanoat» tizimida 6,3 trln soʻmlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan va bu oʻtgan yilga nisbatan 1,5 barobar ortiq.

«Oʻzkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati tomonidan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida matbuot anjumani oʻtkazildi. Tadbirda jamiyat tomonidan prezidentning 2019 yil 3 apreldagi «Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish toʻgʻrisida»gi Qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan maʼlumot berildi.
Maʼlumotlarga koʻra, kimyo sanoatini rivojlantirishning 2019-2030 yillarga moʻljallangan dasturi doirasida qiymati 12,1 mlrd dollarga teng, shu jumladan 1,7 mlrd dollar miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobiga amalga oshirilishi rejalashtirilgan 31 ta investitsiya loyihalari mavjud.
Yaqinda «Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyatida polivinilxlorid, kaustik soda va metanol ishlab chiqarish majmuasi ishga tushirildi. Yangi korxonada yiliga 100 ming tonna polivinilxlorid, 75 ming tonna kaustik soda, 300 ming tonna metanol ishlab chiqariladi. Bu mahsulotlarga avtomobilsozlik, toʻqimachilik, metallurgiya, kimyo, neft-gaz tarmoqlari, elektr texnikasi va qurilish materiallari ishlab chiqarishda talab yuqori. Har yili 40 mln dollarlik mahsulot eksport qilish rejalashtirilgan. Yangi majmuada 900dan ziyod ish oʻrni yaratildi.
2019 yil yakuni bilan «Oʻzkimyosanoat» tizimida 6,3 trln soʻmlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan va bu oʻtgan yilga nisbatan 1,5 barobar ortiq.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

