| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi132 marta oʻqildi

200 va 500 soʻmlik kupyuralarni almashtirish muddati uzaytirildi

Markaziy bank 2020 yil 1 sentyabrga qadar barcha tijorat banklariga 200 va 500 soʻmlik kupyuralarni almashtirib berishga koʻrsatma berdi.

200 va 500 soʻmlik kupyuralarni almashtirish muddati uzaytirildi

Joriy yilning 1 iyulidan boshlab 200 va 500 soʻmlik kupyuralar toʻlov vositasi sifatida oʻz kuchini yoʻqotgani haqida maʼlum qilingan edi. Shuningdek, ushbu kupyuralar 1 iyulga qadar barcha tijorat banklari boʻlinmalari tomonidan qabul qilinishi va muomaladagi pulga almashtirib berilishi belgilangan.

Markaziy bank mamlakatda kuzatilayotgan koronavirusga qarshi kurash va karantin tartiblarining eʼlon qilinishi holatlarini inobatga olgan holda, barcha tijorat banklariga 2020 yil 1 sentyabrga qadar ushbu kupyuralarni aholi va oʻz mijozlaridan qabul qilib olishga hamda boshqa muomaladagi kupyura yoki tangalarga almashtirib berishga koʻrsatma berdi.

Shuningdek, MBning hududiy Bosh boshqarma boshliqlaridan ular tomonidan qabul qilingan 200 va 500 soʻmlik kupyuralar toʻliq Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalari Hisob-kitob kassa markazlariga joʻnatish soʻralgan.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ