| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes2 daqiqada oʻqiladi631 marta oʻqildi

10 oyda chakana savdo tovar aylanmasi 129,5 trln soʻmni tashkil etdi

Respublika boʻyicha joriy yilning yanvar-oktyabr oyida chakana savdo tovar aylanmasi 129,5 trln soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 7,0 foizga oʻsdi.

10 oyda chakana savdo tovar aylanmasi 129,5 trln soʻmni tashkil etdi

Respublika boʻyicha joriy yilning yanvar-oktyabr oyida chakana savdo tovar aylanmasi 129,5 trln soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 7,0 foizga oʻsdi.

Davstatqoʻm xabariga koʻra, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 20,5 trln soʻmni (oʻsish surʼati 28,6 foiz), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subʼyektlarining tovar aylanmasi 108,9 trln soʻmni (oʻsish surʼati 3,7 foiz), shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi 13,04 trln soʻmni (oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 10,9 foizga kamaygan) tashkil etdi.

2018 yilning shu davriga nisbatan respublikaning barcha hududlarida chakana savdo tovar aylanmasining oʻsish surʼatlari kuzatilib, nisbatan yuqori oʻsish surʼatlari Xorazm, Samarqand, Navoiy, Namangan viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasida qayd etildi.

Chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning tovar aylanmasi hajmi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 28,6 foizga oʻsdi va 20,5 trln soʻmni tashkil qildi. Bu esa umumiy savdo hajmining 15,9 foiz ulushiga toʻgʻri keladi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subʼyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi statistik hisob-kitoblarga koʻra, 108,9 trln soʻmni tashkil etib, 2018 yilning yanvar-oktyabr oyiga nisbatan 3,7 foizga oʻsdi. Respublika miqyosida ushbu sektorning jami chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi 84,1 foizga teng kelmoqda.

Tahliliy natijalarga koʻra, chakana savdo tovar aylanmasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subʼyektlarining ulushi boʻyicha Qashqadaryo (96,8 foiz), Sirdaryo (94,6 foiz), Toshkent (90,5 foiz), Surxondaryo (89,7 foiz) va Namangan (87,5 foiz) viloyatlari yetakchilik qilmoqda.

Chakana tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning ulushi 15,9 foizni tashkil etib, eng katta ulush Toshkent shahrida (28,1 foiz), Xorazm viloyatida (24,9 foiz) va Buxoro viloyatida (14,0 foiz) kuzatilgan.

2019 yil yanvar-oktyabr oyida oʻtgan yilning mos davriga nisbatan respublikaning barcha hududlarida oʻsish koʻrsatkichlarini tashkil etdi.

Ushbu koʻrsatkichni boshqa hududlar bilan solishtirganda eng yuqorisi Toshkent shahri (12,2 mln soʻm), Navoiy (5,2 mln soʻm) va Toshkent (4,9 mln soʻm) viloyatlari hissasiga toʻgʻri keladi. Buning sababi ushbu hududlarda yirik savdo va sanoat tashkilotlari joylashgan.

2019 yil yanvar-oktyabr holatiga oʻrtacha aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi - 3,8 mln soʻm (oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirganda 5,0 foizga oʻsgan).

Shuningdek, 2019 yilning yanvar-oktyabr oyi mobaynida chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida ovqatlanish tashkilotlarining savdo aylanmasi 2,8 foizni tashkil etib, 3,6 trln soʻmga yetdi va oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 7,7 foiz oʻsdi. Bunda jami savdo aylanmasining 83,6 foiz ulushi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subʼyektlari ulushiga toʻgʻri kelmoqda.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ