| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi503 marta oʻqildi

10 oy davomida 46 ming tonna shakar birja orqali sotildi

2019 yil yanvar-oktyabr oylarida birja savdolariga jami 48,1 ming tonna shakar sotuvga qoʻyilgan va shundan 46,8 ming tonnasi yoki 97 foizi sotilgan.

10 oy davomida 46 ming tonna shakar birja orqali sotildi

2019 yil yanvar-oktyabr oylarida birja savdolariga jami 48,1 ming tonna shakar sotuvga qoʻyilgan va shundan 46,8 ming tonnasi yoki 97 foizi sotilgan.

Respublika tovar-xom ashyo birjasi xabariga koʻra, shakarning sotuvga qoʻyish va sotish hajmlari joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida 2018 yilning xuddi shu davriga nisbatan 42 baravarga oshgan.

2019 yil yanvar-oktyabr davrida birja savdolarida sotilgan 46,8 ming tonna shakarning 22,9 ming tonnasi yoki 49 foizi “XORAZM SHAKAR” AJ va 23,8 ming tonnasi yoki 51 foizi “ANGREN SHAKAR” MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan.

2019 yil yanvar-oktyabr davrida shakar oyma-oy bir maromda sotilmagan. Eng koʻp hajmlarda fevral (8,8 ming tonna) va iyun (5,2 ming tonna) oylarida sotilgan boʻlsa, eng kam hajmda yanvarda (1,6 ming tonna) va martda (3,6 ming tonna) sotilgan. Shakarning savdolarga qoʻyilish va sotilish hajmlari may oyidan boshlab barqarorlashgan. Ushbu davrda (may-oktyabr) shakarning oʻrtacha oylik sotilish hajmi 4,8 ming tonnani tashkil qilgan.

Bir tonna shakarning oʻrtacha boshlangʻich narxi oʻrganish davrida bir tonna uchun 4 584 500 soʻmga, oʻrtacha sotilish narxi bir tonna uchun 4 694 200 soʻmga teng boʻlgan. Oʻrganish va taqqoslash davridagi oʻrtacha boshlangʻich va sotilish narxlar oʻrtasida katta farqlanish mavjud emas.

Eslatib oʻtamiz, prezidentning 2019 yil 8 oktyabrdagi PQ-4484-sonli qaroriga muvofiq 2020 yil 1 yanvardan respublikada ishlab chiqarilgan shakarning kamida 90 foizi faqat birja savdolari orqali bozor tamoyillari asosida barcha toifadagi xaridorlarga sotiladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ