| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi4 802 marta oʻqildi

Prezident farmoni: 1 sentyabrdan pensiya va nafaqalar miqdori oshiriladi

Prezident farmoniga binoan 1 sentyabrdan boshlab pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 262 470 soʻm, bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga beriladigan nafaqa – oyiga 513 350 soʻm etib belgilandi.

Prezident farmoni: 1 sentyabrdan pensiya va nafaqalar miqdori oshiriladi

Prezident farmoniga binoan 1 sentyabrdan boshlab quyidagilar miqdori 1,1 barobarga oshiriladi:

  • pensiyalar;

  • bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga nafaqalar;

  • zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar.

1 sentyabrdan boshlab Oʻzbekiston hududida:

Bir martalik yordam puli ajratish toʻgʻrisida Prezident farmoni imzolandi

• pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 262 470 soʻm;
• yoshga doir eng kam pensiyalar – oyiga 513 350 soʻm;
• bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga beriladigan nafaqa – oyiga 513 350 soʻm;
• zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – oyiga 315 030 soʻm etib belgilandi.

2020 yilning yakuniga qadar:

➖ 14 yoshgacha bolalari boʻlgan ehtiyojmand nafaqa oluvchi oilalarning amaldagi soni 2 barobarga oshirilib, 700 mingtagacha yetkaziladi;

➖ bola 2 yoshga toʻlgunga qadar bola parvarishi boʻyicha nafaqa oluvchi ehtiyojmand onalarning amaldagi soni 330 mingdan 400 mingtaga oshiriladi;

➖ moddiy yordam oluvchi kam taʼminlangan oilalarning amaldagi soni 89 mingdan 100 mingtaga yetkaziladi.

Toʻlash muddati 2020 yilning iyul-sentyabr oylarida tugaydigan bolalari boʻlgan oilalarga va bola parvarishi bilan shugʻullanadigan onalarga nafaqa toʻlash navbatdagi 6 oy muddatga (bola tegishlicha 2 yosh va 14 yoshdan oshmagan holatda) davom ettiriladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ