1 iyuldan Ipoteka krediti asosida biriktirilgan uy-joylar narxi oshadi
Uy-joylarni oʻz nomlariga rasmiylashtirishga ulgurmagan fuqarolar oʻzlariga biriktirilgan xonadonlarni 2020 yil 1 iyulga qadar oʻz nomiga notarial tartibda rasmiylashtirib olmasa, uy-joylar narxiga 15% qoʻshilgan qiymat soligʻi qoʻshiladi.

"Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5886-sonli Prezident farmonida “Oʻzshahar qurilish invest” IKga 2017-2019 yillar dasturlarida qurilgan uy-joylarni realizatsiya qilishda 2020 yil 1 iyulga qadar qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilish belgilangan edi. Ushbu muddat oʻz yakuniga yetmoqda.

Ipoteka kreditini olish uchun murojaat qilgan shaxslarga qanday talablar qoʻyilmoqda?
Uy-joylarni oʻz nomlariga rasmiylashtirishga ulgurmagan fuqarolar oʻzlariga biriktirilgan xonadonlarni 2020 yil 1 iyulga qadar oʻz nomiga notarial tartibda rasmiylashtirib, ipoteka krediti yoki toʻliq oʻz yonidan toʻlash orqali xonadon qiymati "Oʻzshahar qurilish invest" IK ga toʻlab berilmasa, uy-joylar narxiga 15% qoʻshilgan qiymat soligʻi qoʻshiladi.
Maʼlumot uchun, ushbu talab uy-joylarni oʻz nomlariga notarial tartibda rasmiylashtirib, ipoteka kreditlari ajratilgan fuqarolarga taalluqli emas.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

