1 avgustdan soʻng "import mashina" narxi qancha boʻladi?
Ekspertlar aksiz soligʻining bekor qilinishi va utilizatsiya yigʻimining joriy etilishi import yengil avtomobillar qiymatiga qanday taʼsir koʻrsatishi haqida maʼlumot berdi.

Yengil avtomobillar misolida import qilinadigan transport vositalari narxi qanchaga oʻzgarishini Norma ekspertlari maʼlum qildi.
Deylik, hajmi 1000 kub sm.dan ortiq boʻlmagan dvigatelga ega avtomobilning narxi — 6000 dollar.
2020 yil 1 avgustga qadar:
Bojxona toʻlovi — 3240$ (avtomobil oʻrtacha narxining 54%i);
Aksiz soligʻi — 1920$ (avtomobil oʻrtacha narxining 32%i);
QQS — 1674$ (avtomobil oʻrtacha narxining, bojxona toʻlovi va aksizning 15%i);
Bojxona yigʻimi — 25$
Utilizatsiya yigʻimi — 0.
Shunda jami “rastamojka” toʻlovi 6859$ boʻlib, avtomobilning oxirgi narxi 12 859 dollarni tashkil qiladi.
2020 yil 1 avgustdan keyin:
Bojxona toʻlovi — 3240$ (avtomobil oʻrtacha narxining 54%i);
Aksiz soligʻi — 0;
QQS — 1386$ (avtomobil oʻrtacha narxining, bojxona toʻlovi va aksizning 15%i);
Bojxona yigʻimi — 25$
Utilizatsiya yigʻimi — 659$ (BHMning 30 baravari dollarda).
Shunda jami “rastamojka” toʻlovi 5310$ boʻlib, avtomobilning oxirgi narxi 11130 dollarni tashkil qiladi. Farq — 1549$.
Shu bilan birga, hajmi 3000 kub sm.dan ortiq boʻlgan va 3500 kub sm.dan yuqori boʻlmagan dvigatelga ega avtomobilning narxi 30000 dollar. 1 avgustdan uning narxi 6740 dollarga arzonlashadi.
Shunday qilib, 1000 kub sm.gacha boʻlgan hajmli dvigatelga ega avtomobillar narxi 12%ga, 3000 kub sm.dan ortiq boʻlgan va 3500 kub sm.dan yuqori boʻlmagan hajmli dvigatelga ega avtomobil narxi esa 10%ga arzonlaydi, deb xulosa qiladi Norma ekspertlari.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

