IT
107 ta material
SiyosatJahon ma’lumot bazalarida O‘zbekistonning tarmoq indikatorlari to‘liq aks etmagan
Prezident 1 iyun kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda statistik kuzatuv ma’lumotlari 20 yil avval joriy etilgan dasturiy ta’minotdan foydalanilayotganini tanqid qildi. Davlat statistika qo‘mitasiga bir qator sohalar statistikasini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqish vazifasi qo‘ydi.
Iqtisodiyot va biznes50 tonnadan ortiq o‘zbek gilosi koreyaliklar dasturxonidan joy oladi
O‘zbek giloslari Janubiy Koreya bo‘ylab mamlakat ulgurji va chakana savdo tarmoqlari orqali tarqatiladi.
Iqtisodiyot va biznes“Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida 100 million AQSh dollari ekvivalentidagi mablag‘lar 3ta bankga ajratiladi
“Har bir oila – tadbirkor” dasturini moliyalashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" Prezident qarori (PQ–4720-son, 20.05.2020 y.) qabul qilindi.
Iqtisodiyot va biznesFacebook O‘zbekistonga soliq to‘laydi
O‘zbekistonga Google aprel oyi oxirida aholiga internet xizmatlarini taqdim etganlik uchun QQS to‘lashni boshlagan edi.
Iqtisodiyot va biznesBiznes-klinika dasturi: inqiroz davrida biznesni qo‘llab-quvvatlash
Biznes-klinika dasturi karantin va karantindan keyingi davrda kichik va o‘rta biznes hamda xususiy tadbirkorlarga bepul yuridik va biznes konsultatsiyalarni berish va davlatimiz rahbarining farmonlarida nazarda tutilgan qo‘llab-quvvatlash choralari haqida to‘liq va ishonchli ma’lumot olishga yordam berish maqsadida 2020 yil may oyida ishga tushirildi.
JamiyatMay oyidan boshlab “Yagona reyestr” orqali kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar to‘lanadi
Hukumat qarori bilan “Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini idoralararo elektron o‘zaro hamkorlikni qo‘llagan holda takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga o‘zgartirishlar kiritildi.
JamiyatO‘zbekistonda suv omborini to‘ldirish va bo‘shatish uchun dastur ishlab chiqildi
Dastur suv sathining maksimal me’yordan oshmasligini ta’minlaydi va sum omborining ish rejimini yuqori aniqlik bilan boshqaradi.
Iqtisodiyot va biznesO‘zbekistonda elektron pullardan foydalanish tartibi belgilandi
Elektron pullar egasi tovarlar, ishlar va xizmatlarni xarid qilish uchun yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslarga to‘lovni amalga oshirish maqsadida elektron puldan foydalanishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi hududida emitent tomonidan chiqariladigan elektron pullar faqat milliy valyutada nominallashtirilgan bo‘lishi shart.
Jamiyat“Obod qishloq” dasturi natijalari BMT va YeXHT vakillarini hayratga solmoqda
Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Xelena Freyzer va Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti loyihasining O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Djon Makgregor Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida Prezident Xalq qabulxonasi boshchiligida “Obod qishloq dasturi doirasida bunyod etilgan “Oltinko‘l” mahallasidagi yangi turar joy massivi bilan tanishdi.
SiyosatATK vazirligi raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirish sohasidagi vakolatli organ deb belgilandi
“Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirish sohasidagi vakolatli organ hisoblanadi.
JamiyatBarcha hududlarda raqamli bilimlarga o‘qitish markazlari ochiladi
2020-2021 yillarda barcha sog‘liqni saqlash muassasalari, maktablar va bog‘chalarni, shuningdek, qishloqlar va mahallalarni yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘iga ulashni ko‘zda tutgan holda mamlakatning raqamli infratuzilmasini to‘liq modernizatsiya qilish va zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlaridan barcha hududlarda foydalanish imkoniyati ta’minlanadi.
JamiyatYagona elektron chipta sotish tizimi yaratiladi
Saytda chiptalarni bron qilish, sotish va qaytarish, agentlarni ulash xizmatlari yo‘lga qo‘yiladi.
MulohazaAholini ijtimoiy himoya qilish va kambag‘allikni kamaytirish - pandemiya inqiroziga qarshi kurash dasturining muhim yo‘nalishi
Hozirgi pandemiya sharoitida aholining aksariyat qismi qishloq joylarda yashashligini e’tiborga olgan holda tomorqa xo‘jaligini rivojlantirish muhim omil bo‘lib qolmoqda, deydi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Qo‘ngirotboy Sharipov.
Iqtisodiyot va biznesSo‘mning qadrsizlanishining asosiy sababi nima?
Internet nashrlari orqali bir qator iqtisodchilar, ekspertlar milliy valyuta qadrsizlanishi borasida o‘zlarining shaxsiy fikrlarini bildirdilar. Ba’zi ekspertlarning 2020 yil oxiriga so‘m almashuv kursi bo‘yicha prognozlari ham paydo bo‘ldi.
TexnologiyalarO‘bekiston internet tezligi bo‘yicha jahon reytingida bir oy ichida yana 7 pog‘onaga ko‘tarildi
Internet tezligi bo‘yicha reytingda O‘zbekiston hozirgi kunda 95-pog‘onani egallab turibdi (176 ta davlat qatorida) va bir yil ichida 36 pog‘onaga ko‘tarilgan.
Iqtisodiyot va biznesJahon banki O‘zbekistonning krizisga qarshi dasturini qo‘llab-quvvatlash uchun 14 milliard dollar kredit ajratadi
Jahon banki O‘zbekistonning krizisga qarshi dasturini qo‘llab-quvvatlash uchun oldingi ajratilgan 700 mln dollar kredit liniyasiga qo‘shimcha ravishda 14 milliard dollar ajratishga tayyor.
JamiyatAvtomobillar uchun stikerlarni berish tartibi o‘zgardi
O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining xabar qilishicha, amaldagi tartib takomillashtirib, respublikada avtotransport harakati bilan bog‘liq kelib tushgan takliflarni e’tiborga olib, yangi tartib ishlab chiqilgan.
SiyosatQarorlar kambag‘allik darajasiga ta’sirini baholash nuqtai nazaridan ekspertizadan o‘tkaziladi
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi iqtisodiyotni boshqarishning bozor mexanizmlarini joriy etadi, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha strategiya va dasturlarni ishlab chiqib, ularni amalga oshiradi.
Iqtisodiyot va biznesO‘zbekistonda elektron pullarning muomalada bo‘lishi qoidalarini ishlab chiqdi
Markaziy bank O‘zbekiston hududida elektron pullarning chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalarini ishlab chiqdi. Elektron pullarning asosiy afzalliklaridan biri foydalanuvchilarga banklarda hisobvaraq ochmagan holda, internet orqali to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatini taqdim etishi hisoblanadi.
JamiyatKarantin vaqtida internet va telefon aloqasi uchun to‘lovlar kechiksa uzib qo‘yilmaydi
23 mart kuni imzolangan “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qarorida Internet va telefon aloqasi uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirmaganlik uchun o‘chirib qo‘yilmasligi keltirilgan. Shuningdek, xodimlarning mehnat ta’tiliga chiqarish belgilangan.
