“Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida 100 million AQSh dollari ekvivalentidagi mablag‘lar 3ta bankga ajratiladi
“Har bir oila – tadbirkor” dasturini moliyalashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" Prezident qarori (PQ–4720-son, 20.05.2020 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan qo‘shimcha ravishda 100 million AQSh dollari ekvivalentidagi mablag‘lar quyidagi vakolatli banklarga ajratiladi:
- “Agrobank” ATBga – 40 million AQSh dollari ekvivalentida;
- AT Xalq bankiga – 30 million AQSh dollari ekvivalentida;
- “Mikrokreditbank” ATBga – 30 million AQSh dollari ekvivalentida.



