O‘zbekistonda asosiy oziq-ovqatlar narxida qanday o‘zgarish bo‘ldi?
O‘tgan hafta bilan taqqoslaganda tuxum, sabzi, loviya, mosh, guruch va parranda go‘shti kabi mahsulotlarning o‘rtacha narxi pasaydi.
BatafsilO‘tgan hafta bilan taqqoslaganda tuxum, sabzi, loviya, mosh, guruch va parranda go‘shti kabi mahsulotlarning o‘rtacha narxi pasaydi.
Batafsil




Tadqiqot natijalariga ko‘ra pandemiya kambag‘al oilalarning ko‘payishiga olib keldi. Mazkur tadqiqot shuni ko‘rsatdi-ki, oziq-ovqat to‘plamlarini tarqatish kabi ayollar va keksalar uchun ko‘proq zarur bo‘lgan moddiy yordam ko‘ngilli ko‘mak berishdan ko‘ra muhimroq deb hisoblandi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining sharhida IFI tarkibiy qismlarining dinamikasi va mintaqaviy kontekstidagi o‘zgarishlar haqida o‘qing.

Iqtisodiy tadqiqotlar va imlohotlar markazining eksperti Feruzbek Davletov o‘zining mualliflik maqolasida nima uchun O‘zbekistonga investitsiya loyihalarini monitoring qilishning yangi mexanizmi va ularni amalga oshirishga yangicha qarash zarurligini muhokama qiladi.

“Iste’mol savatchasi” 3 qism – oziq-ovqat mahsulotlari, nooziq-ovqat tovarlari va xizmatlardan iborat.

Moodyʼs reyting agentligining eng so‘nggi prognoziga ko‘ra, dunyo avtomobil bozori 2020 yilda 20 foizga qisqaradi. O‘zbekistonda ko‘rilgan choralar tufayli pandemiyaning mashinasozlik sohasiga salbiy ta’sirini kamaytirishga erishilmoqda. Ekspert Xamidulla Normuradov mashinasozlik sanoatida amalga oshirilayotgan investitsion loyihalar va ularning ta’sirini muhokama qildi.

"Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi barcha ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik vakillari bilan konstruktiv muloqotga tayyor. Biz mamlakatimizdagi har bir jurnalist va bloggerning fuqarolik pozitsiyasini va ochiqligini hurmat qilamiz", - deyiladi markaz rasmiy bayonotida.

Pilot loyiha 2019 yilda Nobel mukofoti sovrindorlari Abxijit Banerji, Ester Duflo va Maykl Kremer metodologiyasiga asoslangan bo‘lib, u dala tadqiqotlari orqali kambag‘allikni kamaytirish samaradorligini baholaydi. Pilot loyihasining birinchi natijalari:

Xitoyda kambag‘alikka qarshi kurashishda davlat boshqaruv apparati xodimlaridan jami 2,9 million davlat xizmatchilari kambag‘al qishloqlarga safarbar etilgan. Natijada, 800 million fuqaro kambag‘allikdan chiqarilib, Xitoyda kambag‘allik darajasining 94 foizga kisqarishiga olib keldi.

Yevropa mehnat muhojirlari orasida eng jozibador manzil hisoblanadi. 2019 yil holatida mintaqa 82 million muhojirni qabul qilgan bo‘lib, undan keyingi o‘rinlarni Shimoliy Amerika (59 million), Shimoliy Afrika va G‘arbiy Osiyo mamlakatlari (49 million) egallagan.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi aholi o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalarini e’lon qildi, u iste’molchilarning kayfiyatini aks ettiradi.

Bunday baholash respondentlarning kelgusi 2-3 oy davomida mamlakatda biznesni rivojlantirishga ta’sir qiluvchi tashqi omillarning noaniqligi nisbatan yuqori bo‘lgan davrda optimistik prognoz ekanligidan dalolat beradi.

"Xalqaro migratsiya jarayonining o‘yin qoidalarini mehnat resurslarini qabul qiluvchi mamlakat ishlab chiqadi. Pandemiya paytida mazkur cheklovlarning ahamiyati yanada oshgani mehnat kuchini eksport qiluvchi mamlakatlarni qiyin ahvolga tushib qolgan fuqarolarning huquqlarini mustahkamlash maqsadida qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rishga undadi", deydi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi yetakchi ilmiy xodimi Hasanjon Majidov.

So‘nggi paytlarda O‘zbekistonning tashqi qarzi bo‘yicha ham mana shunday qarama-qarshi fikrlar paydo bo‘lmoqda. Ko‘pchilik iqtisodchilar va ekspertlar tomonidan O‘zbekistonda olib borilayotgan tashqi qarz siyosati to‘g‘risidagi shaxsiy fikrlar, iqtisodiy qarashlar va mulohazalar bildirilmoqda. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi yetakchi ilmiy xodim Xalilulloh Hamidov o‘z fikrlarini va asoslarini keltirib o‘tdi.

COVID-19 ning tarqalishi dinamikasiga ko‘ra, bemorlar soni doimo eksponensial egri chizig‘i bo‘ylab harakatlanmaydi va muayyan nuqtaga erishgach, pasayish kuzatiladi.

Internet nashrlari orqali bir qator iqtisodchilar, ekspertlar milliy valyuta qadrsizlanishi borasida o‘zlarining shaxsiy fikrlarini bildirdilar. Ba’zi ekspertlarning 2020 yil oxiriga so‘m almashuv kursi bo‘yicha prognozlari ham paydo bo‘ldi.

Koronavirus inqirozi qachongacha davom etadi? Koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina ishlab chiqarish qancha muddat oladi? Mamlakatlarda karantin tadbirlari qachon yakuniga yetadi? Koronavirusdan keyin global iqtisodiy o‘sish qanchalik tez darajada tiklanadi? Ushbu savollarning barchasi koronavirus pandemiyasi sababli vujudga kelgan noaniqlikni oshirib bormoqda.

2014-2019 yillarda chet eldan O‘zbekistonga yuborilgan pul o‘tkazmalari dinamikasi davlatlar kesimida olib qaralganda bir necha mamlakatlar bo‘yicha qiziqarli tendensiyalarni kuzatish mumkin. So‘nggi 6 yilda Shvetsiyadan O‘zbekistonga 6,9 mln. dollardan 34,8 mln dollargacha pul o‘tkazmalari yuborilgan.

"Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili" Davlat dasturning Iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga oid qismi 15 ta bo‘lim, va 96 bandni o‘z ichiga oladi.

O‘zbekiston YeOIIga a’zo bo‘lsa, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan va Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan import qilinadigan dori-darmon va farmatsevtika mahsulotlariga narxlarning pasayishi, sifatsiz dori-darmonlar ulushining kamayishi seziladi. Shu bilan birga uchinchi mamlakatlardan olib kirilayotgan dorilar narxlarining oshishi ham kuzatiladi.