14-oktabr, chorshanba08:07Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

O‘zbekistondagi 6 ta bank online-kredit berishni yo‘lga qo‘ydi

O‘zbekistondagi 6 ta bank mobil ilovalari orqali onlayn mikroqarz berishni yo‘lga qo‘ygan. Bu kreditni olish uchun bankga hech qanday hujjat topshirilmaydi.

1 daqiqa o'qish11 907 marta o'qildi

"Bank va Mijoz" telegram kanalining yozishicha, ushbu xizmatdan asosan bankning mijozlari (ish haqi loyihasi bo‘yicha bankda karta ochganlar) foydalanishi mumkin. Qarz oluvchilar bank ofislarida identifikatsiyadan o‘tgan bo‘lishlari lozim.

Ipoteka-bank:

  • mikroqarz miqdori – 22,3 mln.so‘mgacha (qarz oluvchi o‘rtacha oylik daromadining 3 baravarigacha);
  • muddati – 12 oygacha;
  • foizi – yillik 32 %.

Ipak yo‘li bank:

  • mikroqarz miqdori – 20 mln.so‘mgacha;
  • muddati – 12 oygacha;
  • foizi – yillik 39,9 %.

Sanoatqurilish bank:

  • mikroqarz miqdori – 22,3 mln.so‘mgacha (qarz oluvchi o‘rtacha oylik daromadining 3 baravarigacha);
  • muddati – 12 oygacha;
  • foizi – yillik 31,9 %.

Agro bank:

  • mikroqarz miqdori – 2 mln.so‘mgacha, kafillik bilan 5 mln.so‘mgacha;
  • muddati – 12 oygacha;
  • foizi – yillik 36%.

Turon bank:

  • mikroqarz miqdori – 2,2 mln.so‘mgacha;
  • muddati – 3 oygacha;
  • foizi – yillik 36%.

Aloqabank:

  • mikroqarz miqdori – 2,2 mln.so‘mgacha;
  • muddati – 1 oy;
  • foizi – kunlik 0,3%.
O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi