O‘zbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Fransiya Respublikasiga tarixiy davlat tashrifining tadbirlarga boy dasturi yakuniga yetdi.
BatafsilO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Fransiya Respublikasiga tarixiy davlat tashrifining tadbirlarga boy dasturi yakuniga yetdi.
Batafsil




Prezident Shavkat Mirziyoyev 25 noyabr kuni neft-gaz kimyo sanoatidagi istiqbolli loyihalar holatiga oid taqdimot bilan tanishdi. Taqdimotda Prezident elektr tarmoqlarida yo‘qotishlarni ancha qisqartirish, gaz-kimyo sohasini 2021 yilda rivojlantirishning yangi yo‘nalishlarini belgilash, loyihalarni amalga oshirishni tezlashtirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi.

“2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar tomonidan ko‘rib chiqildi va birinchi o‘qishda qabul qilindi. Majlisda Bosh vazir Abdulla Aripov ham ishtirok etdi.

Xizmatlar bo‘yicha yillik tushumi 1 milliard so‘mdan kam bo‘lgan tadbirkorlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini chorak yakuni bo‘yicha to‘lash tartibi davom ettiriladi. Ushbu chora 8 mingdan ziyod tadbirkor ixtiyorida bir chorakda 220 milliard so‘m aylanma mablag‘ qolishiga imkon beradi. Bu haqda bugun, 24 noyabr kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

«Har bir hududda tadbirkorlikni rivojlantirishning katta resurslari bor. Faqat uni ishga solish kerak», dedi Shavkat Mirziyoyev.

23 noyabr kuni Shavkat Mirziyoyev ishtirokida bo‘lib o‘tgan taqdimotda markaziy ko‘chalarda parkomatlar tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Shu bilan birga, piyodalar va velosipedlar yo‘lakchalarini ko‘paytirish muhimligi qayd etildi.

Markazda 600 ta koyka bo‘ladi. Ambulator va statsionar tartibda 200 dan ortiq tibbiy xizmat yo‘lga qo‘yiladi.

Texnoparkda 2020 yil fevralda elektron gaz hisoblagichlar korxonasi, avgustda maishiy sovutgichlar zavodi ishga tushirilgan edi. 2021 yilda Texnoparkda bozorbop mahsulotlar ishlab chiqaruvchi 9 ta korxona ishga tushiriladi.

Oliy Majlis Senatining to‘qqizinchi yalpi majlisida bir qancha dolzarb masalalar ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, majlisda Senat Raisi Tanzila Norboyeva Qoraqalpog‘iston tarixida bo‘lmagan yangilik – hudud aholisining hayot darajasini ko‘tarish, ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadlariga 21 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ yo‘naltirilgani haqida gapirib o‘tdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputat Maqsuda Vorisova hisobotda 9 oyda tabiiy gaz qazib olish, gaz kandensati ishlab chiqarish kamayganini aholiga qanday tushuntiramiz degan savolni ilgari surdi.

17 noyabr kuni Shavkat Mirziyoyev ishtirokida bo‘lib o‘tgan videoselektorda musodara qilingan mulklarni sotish tizimini qayta ko‘rib chiqish, “Ye-ijro auksion”ga qo‘yilgan buyumlarni boshqa elektron savdo platformalariga ham integratsiya qilish zarurligi qayd etildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugungi videoselektor yig‘ilishi avvalida pandemiya bilan bog‘liq vaziyatga to‘xtalib o‘tdi. Yurtimizda ushbu virus bilan kasallanganlar soni 70 ming nafardan ortgani, tuzalganlar soni qariyb 68 ming nafarni tashkil etgani qayd etildi.

2021 yil Qashqadaryo viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish yili deb e’lon qilindi.

Prezident Qashqadaryoga tashrifi davomida Davlat xizmatlari markazi va Texnopark faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi. Tashrif chog‘ida “Davlat xizmatlari markazi orqali odamlar davlatning e’tiborini sezishi kerak”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shavkat Mirziyoyevning Qashqadaryoga tashrifining ilk manzili Shahrisabz shahridagi Oqsaroy Vortex MChJ bo‘ldi. Prezident bu yerda sintetik aralashmali ip va mato ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi.

Chekka hududlardagi birlamchi bo‘g‘in tibbiyot tizimi uchun “Qishloq shifokori” dasturi joriy qilinadi. Bu dasturga muvofiq chekka hududlardagi birlamchi bo‘g‘inga ishga kirgan tibbiyot xodimlari xizmat uyi bilan ta’minlanadi yoki ijara to‘lovi kompensatsiya qilinadi.

Prezident raisligida o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida tibbiyotning birlamchi bo‘g‘inidagi muammolar tahlil qilinmoqda.

Eronning O‘zbekistonga yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Hamid Nayrobodiy ikki mamlakat fuqarolari uchun vizalarni bekor qilish taklifi bilan chiqdi.

Keyingi yil maygacha har bir viloyat, tuman va shahar hokimida hudud aholisining go‘sht, tuxum, un, yog‘, shakar, guruch, kartoshka, sabzi va piyozga bo‘lgan ehtiyoji, bu mahsulotlarni qachon, qayerdan olish bo‘yicha aniq hisob-kitob bo‘ladi.

15 oktyabr kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan yig‘ilishda mamlakatimizda yer ajratish va davlat kadastri sohasida korrupsiyaga yo‘l ochib berilgani Prezident tomonidan keskin tanqid qilindi. Sohada o‘zgarishlari kutilmoqda.

Butun mamlakatimizdan mutaxassislar keldi. Bu yerda Qoraqalpog‘iston va har bir viloyatning o‘z ko‘chasi bor, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shavkat Mirziyoyev ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda, ayrim tadbirkorlar xalqaro brendlar bilan bir xil nomni ro‘yxatdan o‘tkazib olgani sababli xorijiy investitsiya kelishiga to‘siq bo‘layotgani tanqid qilindi.

Senatning 5 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan majlisida “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning “Uzbekistan Airways” va “Uzbekistan Airports”, “O‘zbekiston temir yo‘llari” hamda “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan ijro etilishi holati ko‘rib chiqildi.

Oila kodeksiga ko‘p bolali oila tushunchasi kiritildi. Oila kodeksiga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, 4 nafar va undan ortiq 18 yoshga to‘lmagan bolasi bo‘lgan oila ko‘p bolali oila hisoblanadi.

Manzilga yetkazish tizimini tumanlarda tajribadan o‘tkazib, 2021 yil 1 martdan viloyat markazlarida, 1 iyuldan mamlakat bo‘yicha joriy etiladi. Bu haqda 5 oktyabr kuni Shavkat Mirziyoyev ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda aytib o‘tildi.