14-oktabr, chorshanba08:59Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

O‘zbekiston joriy yilda eng ko‘p to‘qimachilik mahsulotlarini Rossiyaga eksport qilgan

2020 yilda O‘zbekiston 65 ta davlatga to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan. Eng ko‘p eksport Rosiyaga – 543,6 mln dollar, Xitoyga – 325,9 mln dollarga amalga oshirilgan.

1 daqiqa o'qish24 marta o'qildi

Joriy yilning 1 noyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekiston qiymati 1,5 mlrd AQSh dollariga teng bo‘lgan to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan.

Bu yil 65ta davlatga to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan O‘zbekiston eksport hajmini o‘tgan yilning 10 oyiga nisbatan 209,9 mln AQSh dollariga oshirgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan 10 oy mobaynida O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlarini eng ko‘p eksport qilgan davlatlar:

  • Rossiya – 543,6 mln;
  • Xitoy – 325,9 mln;
  • Qirg‘iziston – 223,9 mln;
  • Turkiya – 174,4 mln;
  • Polsha – 37,1 mln;
  • Qozog‘iston – 34,9 mln AQSh dollari.

2020 yilning 1 noyabr holatiga ko‘ra, to‘qimachilik mahsulotlarini eng ko‘p eksport qilgan hududlar:

  • Toshkent shahri – 244,7 mln;
  • Andijon viloyati – 211,7 mln;
  • Farg‘ona viloyati – 201,1 mln;
  • Toshkent viloyati – 199,4 mln AQSh dollari.
O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi