14-oktabr, chorshanba08:57Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Texnologiyalar

O‘bekiston internet tezligi bo‘yicha jahon reytingida bir oy ichida yana 7 pog‘onaga ko‘tarildi

Internet tezligi bo‘yicha reytingda O‘zbekiston hozirgi kunda 95-pog‘onani egallab turibdi (176 ta davlat qatorida) va bir yil ichida 36 pog‘onaga ko‘tarilgan.

1 daqiqa o'qish218 marta o'qildi

Ookla kompaniyasi Speedtest.net servisi mart oyi 2020 yil natijalariga ko‘ra yangi ma’lumotlarni e’lon qildi. Speedtest Global Index mobil va simli aloqa internet tezligi jahon reytingi bo‘yicha O‘zbekiston yana 7 pog‘onaga ko‘tarildi.

Internet tezligi bo‘yicha reytingda O‘zbekiston hozirgi kunda 95-pog‘onani egallab turibdi (176 ta davlat qatorida) va bir yil ichida 36 pog‘onaga ko‘tarilgan. Bu mazkur davr bo‘yicha eng yuqori o‘sish hisoblanadi.

Oxirgi yil natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda aniqlangan internet tezligi 2,3 barobarga o‘sgan – 11,62 Mbit/soniyadan (2019 yil mart holatiga ko‘ra) 26,92 Mbit/soniyagacha (2020 yil mart holatiga ko‘ra).

O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha yuqoriga ko‘tarildi

Mobil internet tezligi bo‘yicha ham O‘zbekiston ijobiy natijalarni ko‘rsatdi: hozirgi kunda mamlakat 133-o‘rinni egallab, 2020 yil fevral holatiga ko‘ra bir pog‘onaga ko‘tarilgan.

Ma’lumot uchun, Speedtest portali internet tezligini tekshirish uchun umumjahon internet foydalanuvchilar tomonidan ishlatiladi. Portal foydalanuvchilar tomonidan berilgan ma’lumotlar asosida tahlil olib boradi va ma’lumotlarni doimiy ravishda reyting tayyorlaydi va e’lon qiladi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi